Shamollarda qolgan hislarim (film)
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Shamollarda qolgan hislarim | |
---|---|
Gone with the Wind | |
Rejissyor(lar) | Viktord Flem |
Prodyuser(lar) | Devid Selznik |
Qaysi asarga asoslangan |
Shamollarda qolgan hislarim |
Rollarda | Olivia de Havilland |
Kinematografiya | Ernest Haller |
Chiqarilgan sanasi | Dekabr 15, 1939 |
Davomiyligi | 221 minut |
Mamlakat | Amerika |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $3.85 million |
Daromadi | $390 million |
Shamollarda qolgan hislarim – bu Margaret Mitchellning 1936-yilda yozilgan shu nomdagi asariga asoslangan tarixiy romantik film boʻlib, Selznick International Pictures kompaniyasida prodyuser Devid Selznik va rejissor Viktord Fleming tomonidan ishlab chiqilgan. Filmda Amerikaning Janubiy qismidagi Fuqarolar urushi, Gruziya plantatsiyasi egasining irodali qizi Skarlett OʻHara (Vivien Leigh) va uning oʻz jiyani Melani Gamilton (Olivia de Havilland) bilan turmush qurgan Eshli Uilks (Leslie Howard) ga boʻlgan javobsiz muhabbati, keyinchalik esa Rett Batler (Clark Gable) bilan boʻlgan turmushi haqida hikoya qilinadi.
Shamollarda qolgan hislarim ilk marta taqdim etilgandayoq katta muvaffaqiyatga erishdi. Bu oʻsha paytgacha ishlab chiqarilgan eng yuqori daromadli film boʻlib, yarim asrdan ortiq vaqt davomida oʻz natijalarini saqlab qolgan. Inflyatsiya darajasi moslashtirilganda, bu tarixdagi eng koʻp daromad keltiradigan film hisoblanadi. Drama 20-asr davomida zamonaviy madaniyatni akslantirgan holda vaqti-vaqti bilan qayta nashr etilgan. Film tarixni inʼkor etish, quldorlikni yoqlash va Konfederatsiya yoʻqolishining sababi sifatida tanqid qilingan boʻlsa-da, afroamerikalilarning kino sohasidagi ilk harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi. Shamollarda qolgan hislarim vaqt talabidan oʻtgan eng buyuk filmlaridan biri sifatida tan olingan va 1989-yilda AQSh Milliy kino roʻyxatga olish markazi tomonidan tanlangan yigirma besh filmdan biriga aylangan.
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1861 yilda, Amerikada fuqarolar urushi arafasida, Ketti Skarlett (OʻHara) ota-onasi, ikki singlisi va qora tanli qullari bilan Jorjiya shtatidagi Tara nomli shaxsiy paxta plantatsiyasida yashaydi.
Skarlett – yosh, qatʼiyatli, uchragan yigitni oʼziga maftun qila oladigan darajada goʼzal. Shubhasiz, Eshli Uilks ham bundan mustasno emas. Lekin kutilmaganda Eshli amakisining qizi – Melaniga uylanishini maʼlum qiladi. Unashtiruv marosimi Uilkslar plantatsiyasi, Oʻn Ikki Emanda, tashkil etiladi. Bosh qahramon oʼz hislarini Eshliga izhor qilib, muhabbatiga alamli raddiya oladi. Ammo Skarlett allaqachon boshqa mehmonning eʼtiborini tortgandi. Bu – Rett Batler edi.
Koʻp oʻtmay, Melanining akasi Charlz Gamilton, Skarlettga uylanishni taklif qiladi. Alamzada Skarlett qasos olish maqsadida, oʻz roziligini bildiradi. Urush boshlanadi. Charlz koʼngillilar qatorida birinchilardan boʼlib, xizmatga ketadi. Lekin urushda ishtirok etishga ulgurmay, janubiy lagerlarning birida qizamiq yuqtirib halok boʻladi.
Gettisburg jangidan keyin urush oqimi Konfederatsiyaga qarshi qoʻzgʼaladi. Skarlettning shahridagi koʻplab erkaklar jangda halok boʼladi. Sakkiz oy oʻtgach, Ittifoq armiyasi Atlanta shaharini qamal qilganda, Melani Skarlettning yordami bilan bolasini dunyoga keltiradi. Rett ularning shahardan chiqib ketishlariga yordam beradi. Skarlett qaytganda otasi, singillari va xizmatchilari Onaxon va Porkdan tashqari Tarani tashlandiq holda topadi. Onasi tif isitmasidan vafot etganini, otasi esa aqldan ozganini, Ittifoq qoʻshinlari tomonidan talon-taroj qilingan Tara, qarovsiz qolgan dalalarni koʼrgan Skarlett oilasini taʼminlashga, har qanday holatda ham tirik qolishga vaʼda beradi.
Konfederatsiyaning magʻlubiyati tufayli OʻHaralar paxta dalalarida tinimsiz mehnat qilishadi. Eshli urushdan omon qaytib keladi, lekin oila boshqaruvi Skarlettning qoʻlida qolveradi. Tara uchun talab qilingan katta miqdordagi soliqlarini toʻlay olmagan Skarlett, singlisining sevgilisi, oʻrta yoshli, boy, umumiy doʻkon egasi – Frenk Kennedini aldab, unga turmushga chiqadi. Frenk Skarlettga hujum qilganlarga qarshi otishma natijasida vafot etadi. Sobiq erining dafn marosimidan koʻp oʻtmay, Rett Skarlettga turmush qurishni taklif qiladi va u rozi boʻladi.
Aktyorlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tara OʻHara Plantatsiyasi. Jeorgia.
- Thomas Mitchell Skarlettning otasi, Gerald OʻHara
- Barbara OʻNeil Skarlettning onasi, Ellen Robillard
OʻHara qizlari
- Viven Leigh, Skarlett OʻHara
- Evelyn Keyes, Syullin OʻHara
- Ann Rutherford, Kerrin OʻHara
Uy xizmatchilari
- Hattie McDaniel, onaxon
- Oscar Polk, Pork
- Butterfly McQueen, Prissi