tovuq
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]to-vuq
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]TOVUQ 'gushti, pati, tuxumi uchun boqiladigan urgʻochi uy parrandasi'. Bir t o v u h h a ham suv kerak, ham don kerak (Maqol). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot asli taquq tarzida talaffuz qilingan (Devon, II, 330; DS, 536); keyinchalik oʻzbek tilida birinchi q undoshi gʻ undoshiga, gʻ undoshi oʻz navbatida v undoshiga, a unlisi â unlisiga almashgan: taquq > tagʻuq > tavuq > tâvuq.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Tovuqsimonlar turkumiga mansub, goʻshti, pati va tuxumi uchun boqi-ladigan urgʻochi uy parrandasi. ◆ Sertuxum tovuq. Kurk tovuq. Tovuq katagi. Tovuqning tushiga don kiradi. Maqol . m ◆ ..tong ot-may, tovuqlar qoʻndoqlaridan tushmay, yana ishga tushar edi. M. Ismoiliy, „Fargʻonat“ .o. Donlab yurib, tentirab ketib qolgan to-vuqlar bir mahal joy qidirib, uygacha kirib keldi. K. Yashin, Hamza.
- Bir tovuqqa ham suv kerak, ham don kerak Tirikchilik uchun kishiga hamma narsa (koʻp narsa) kerak, degan maʼnodagi maqol. Dumi yulingan tovuqdek q. dum 1. Oyogʻi kuygan tovuqday k oyoq. Ola tovuq somon sochar, oʻz aybini oʻzi ochar Oʻzining yoki yaqinlarining aybini gapirib yuradigan odam haqida aytiladigan maqol.
2 Shu parrandaning goʻshti (ovqat, ma-salliq sifatida). ◆ Tovuqni yesang, bir yeysan, tuxumini yesang, ming yeysan. Maqol . ■■ ◆ Xoli-sa gazoʻchoqqa tovuqlarni dimlab qoʻygan. S. Nurov, „Maysalarni ayoz urmaydi“ .
3 Shu parrandaga nisbatli haqoratni bildiradi. ◆ Bundan koʻra goʻng titganing yaxshi emasmi, keksa tovuq'. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Soʻk meni, kurk tovuq degin!.. A. Qahhor, „Asror bobo“ .
4 Baʼzi qushlarning modasi, makiyon. Dirgʻovulning tovugʻi.
5 shv. Tunda xoʻroz qichqirishi bilan belgilanadigan vaqt. ◆ Bir tovuq oʻtganda yotdik.
6 Muchal yil hisobida oʻninchi yil no-mi. ◆ Uning yili tovuq.
- Tovuq yili Muchal yil hisobida oʻninchi yil (q. muchal).
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ТОВУҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Ruscha ru
tovuq
1 курица; // куриный; ◆ kurk tovuq наседка; ◆ farang tovuq разг. разновидность кур мелкой породы; ◆ tovuq goʻshti курятина; ◆ tovuq tuxumi куриное яйцо; ◆ tovuq katagi курятник; ◆ tovuq yili год курицы (десятый год двенадцатилетнего животного цикла; см. muchal); bir tovuqqa ham don kerak, ham suv kerak погов. для одной (только) курицы нужны и зерно, и вода (т. е. много нужно для живого человека); ◆ oyogʻi kuygan tovuqday yugurmoq (букв. бегать как курица, обжёгшая ноги) бегать как угорелый; ◆ tovuqning tushiga don kiradi погов. (букв. курице снится зерно) соотв. голодной курице просо снится; ◆ qora tovuq qaqillaydi, panjaralar shaqillaydi загадка чёрная курица кудахчет, решётки стучат (швейная машина);
2 = makiyon; qirgʻovulning tovugʻi самка фазана;
3 обл. пение петухов (в определённое время ночи); ◆ bir tovuq oʻtdi первые петухи прокричали (примерно 12 часов ночи);◆ u ikki tovuq oʻtganda keldi он пришёл после вторых петухов (т. е. примерно в 1-3 часа ночи).