Kontent qismiga oʻtish

kamalak

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

ka-ma-lak

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

KAMALAK Bunday tovush tarkibli ot ПРСda, ТжРСda yüq, OʻTILga kamon oti ”[f-t] ayn. kamalak G' izohi bilan kiritilgan (I, 365). Kamalak oti ham [f-t] taʼkidi bilan kiritilib, 'yoy', 'kamon' maʼnosini anglatishi aytilgan (I, 363). Shu izoxlar asosida kamalak oti asli tojikcha kamon otiga -ak koʻshimchasini (ТжРС, 543) koʻnshb hosil qilingan kamonak oti tarkibidagi on tovushlarini oʻzbek tilida al tovushlariga almashtirish bilan yuzaga kelgan deyish mumkin.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.


Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Qattiq yogʻochning bir uchi-dan ikkinchi uchiga ip tortib egib, yarim doira shaklida yasalgan, nayza-oʻq solib otiladigan qadimiy ov va jang quroli; yoy, kamon. ◆ Afandi yelkasiga kamalakni osib.. uzoq bir koʻlga gʻoz ovlagani ketdi. "Latifalar" . Ermana polvon kamalagidan devga qarab oʻq uzibdi. "Oltin beshik".

Kamalak boʻlmoq Kamalak shaklini ol-moq, egilmoq. ◆ Qoshlar uchadi, koʻzlar kuladi, goh chap qoʻl orqa belga oʻtib, oʻng qoʻl qosh ustida kamalak boʻladi. M. Ismoiliy, „Far-gʻona t“ . o. Kamalak qilmoq Kamalakka oʻxsha-tib egmoq. Rais., bir qoʻlini orqasiga qoʻyib, ikkinchi qoʻlini boshi uzra kama/shk qilib, ikki-uch yelka qoqdi-da, shunday yoʻgʻon gavda-li boʻlishiga qaramasdan, bedanaday yoʻrgʻa-ladi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.

2 Quyosh nurining yomgʻir, favvora tom-chilarida sinishi natijasida havoda turli rangda yarim doira shaklida koʻrinadigan yoʻl; yoy. ◆ Daraxtlarning orqasida qizil, koʻk, pushti va zangor chiziqlar bilan tovlanib turgan kamalak koʻrindi. I. Rahim, „Ixlos“ .

Antonimlari

[tahrirlash]

КАМАЛАК. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

kamalak (koʻplik kamalaklar)

Tillar

[tahrirlash]