York (shahar)
Qiyofa
York — Buyuk Britaniyadagi shahar, Angliyada. Uz daryosi sohilidagi port. Transport yoʻllari tuguni. Aholisi 104 ming kishi (1999). Oziq-ovqat, oyna sanoati rivojlangan. Mashinasozlik, poligrafiya sanoati korxonalari bor. York 1-asrda rimliklar qalʼasi sifatida yuzaga kelgan. 6-asr dan ingliz-sakslar qirolligi poytaxti, 735 yildan arxiyepiskop qarorgohi. Un-t, Yorkshir muzeyi, badiiy galereya, muzey-saroylar bor. Rim va oʻrta asr meʼmoriy yodgorliklaridan roman-gotika sobori (11 — 15-asrlar), saroy (13-asr), turar joylar saqlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |