Xardagi portlash (2023-yil)
2023-yilgi Xardagi portlash | |
---|---|
Sana |
30-iyul, 2023-yil 16:00[1] |
Nishon | Ulamo-i islom jamiyati aʼzolari va yetakchilari |
Qurol | suitsid bomba |
Halok boʻlganlar | 63+ |
Jarohat olganlar |
≤200 |
Jinoyatchilar | Xuroson viloyatidagi islomiy davlat |
2023-yil 30-iyul sanasida Pokistonning Xaybar Paxtunxva maʼmuriy birligi, Bajaur viloyati Xar shahrida Jamoat Ulamo Islom-Fazl mitingida xudkush terrorchisi tomonidan portlash sodir etildi. Ushbu suiqasd natijasida kamida 55 kishi halok boʻlgan, 200ga yaqin kishi jarohatlangan[2][3][4].
Boshlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamiyati ulamoi islom fazl Fazlur Rahmon boshchiligidagi konservativ siyosiy va diniy partiya hisoblanadi. Afgʻonistonda Tolibon hukumati qoʻllab-quvvatlaydi. Partiya Pokiston milliy assambleyasi tarqatib yuborilganidan soʻng, markaziy saylovlarga tayyorgarlik koʻra boshlagan edi. Ekstremistik partiyalar davlat boshiga tushgan iqtisodiy inqiroz va sobiq bosh vazir Imron Xonning hibsga olinishidan oʻz manfaati uchun foydalanishga urinishgan[5].
Avvalroq, 2010-yilning yanvar va dekabr oylarida ham Xar shahrida ikki marta xudkush-terrorchilar portlash sodir etishgan. Oʻshandan beri mintaqada terrorchilik harakati kuchaygan, 2023-yil yanvarida xavfsizlik bilan bogʻliq vaziyat yomonlashishiga qarshi yirik norozilik namoyishlari boshlangan[6].
Portlash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoat Ulamo Islom-Fazl partiyasi 2023-yilning 30-iyul sanasida ishchilar qurultoyini tashkil etgan. Soat 16:00 lar atrofida xudkush-terrorchi sahnaga yaqinlashib, portlovchi jiletni ishga tushirgan[7]. Kamida 54 kishi halok boʻlgan, 200ga yaqin kishi, jumladan, koʻplab bolalar yaralangan[2]. Portlash oqibatida partiyaning mahalliy rahbarlaridan biri Mavlon Ziyavulla halok boʻldi[8].
Xuroson viloyatidagi Islomiy davlat xudkush terrorchilari portlash uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi[9].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Bomb at political rally in Pakistan kills at least 40 people“. Politico (2023-yil 30-iyul). Qaraldi: 2023-yil 30-iyul.
- ↑ 2,0 2,1 „Pakistan explosion: At least 54 dead in suicide bombing at political rally in northwest province“ (2023-yil 30-iyul). Qaraldi: 2023-yil 30-iyul.
- ↑ „Suspected Pakistan suicide bombing kills at least 55, injures 135 more at political rally“ (en). NBC News (2023-yil 30-iyul). Qaraldi: 2023-yil 31-iyul.
- ↑ Scott. „Bomb Attack at Political Rally in Pakistan Kills 55, Injures 135“ (en-US). Gillett News (2023-yil 30-iyul). Qaraldi: 2023-yil 31-iyul.
- ↑ Noack, Rick; Hussain, Shaiq; Nawaz Khan, Haq. „At least 40 killed in blast at Pakistan political convention“. The Washington Post (2023-yil 30-iyul). Qaraldi: 2023-yil 30-iyul.
- ↑ Hanifullah. „Bajaur rises up against ‘terror redux’“. The Express Tribune (2023-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 31-iyul.
- ↑ „A bombing at a political rally in Pakistan has killed at least 40 people“. NPR (2023-yil 30-iyul). Qaraldi: 2023-yil 30-iyul.
- ↑ „Suspected Pakistan suicide bombing kills at least 55, injures 135 more at political rally“ (en). NBC News (2023-yil 30-iyul). Qaraldi: 2023-yil 31-iyul.
- ↑ Baloch, Shah Meer; Ellis-Petersen, Hannah. „Islamic State says it carried out Pakistan suicide bombing that killed 54“. The Guardian (2023-yil 31-iyul). Qaraldi: 2023-yil 31-iyul.