St James' Park
Toʻliq nomi | Sent-Jeyms Park |
---|---|
Joyi | Newcastle upon Tyne NE1 4ST |
Koordinatalari | 54°58′32″N 1°37′18″W / 54.97556°N 1.62167°W |
Qachon qurilgan | 1892-yil |
Qachon ochilgan | 1892-yil |
Qachon taʼmirlangan | 2000-yil |
Qachon kengaytirilgan | 1998-2000-yillar. |
Egasi | Newcastle City Council |
Yuzasi | Grass (Desso GrassMaster) |
Meʼmor | TTH Architects, Gateshead |
Hajmi | 52,305[1] |
Maydon oʻlchami | 105 by 68 metr (114.8 yd × 74.4 yd)[1] |
Maydon egalari | |
|
St James' Park Angliyaning Nyukasl-apon-Tayn shahrida joylashgan futbol stadionidir. „Nyukasl Yunayted“ futbol klubining uy arenasi. Bu stadion 52 405 tomoshabinga moʻljallangan boʻlib, bu koʻrsatkich boʻyicha Angliya klublari ichida yettinchi, dunyo miqyosidagi stadionlar boʻyicha esa sakkizinchi oʻrinda turadi. 2011-yil oxirida u „Sport-Direct Arena“ deb nomlandi, 2012-yil oktabr oyida stadionga tarixiy nomi qaytarildi.
1996-yilda St James' Parkda futbol boʻyicha Yevropa chempionati oʻyinlarini (3 oʻyin), 2012-yilda yozgi Olimpiya oʻyinlari futbol turnirining oʻyinlarini (6 oʻyin), 2015-yilning kuzida regbi boʻyicha jahon chempionati oʻyinlari oʻtkazildi (guruh bosqichining 3 oʻyini). Ushbu stadionda futbol boʻyicha Angliya terma jamoasi 7 marta oʻynagan boʻlib, shulardan oxirgi marta 2005-yil bahorida JCh 2006 saralash bosqichida match oʻtkazgan.
Futboldan tashqari, stadion xalqaro musobaqalar, rok -konsertlar va boshqa marosimlar uchun maydon sifatida ishlatiladi.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastlabki tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stadion 19-asr oʻrtalarida qurilgan boʻlib, Angliyaning shimoli-sharqidagi eng qadimiy sport inshootlaridan biri hisoblanadi. 1880-yilda Nyukasl Reynjers u yerda birinchi marta mashgʻulot oʻyinida futbol oʻynadi. Uzoq vaqt davomida stadion deyarli xoʻjayinsiz qoldi, lekin 1892-yilda „Nyukasl East End“ va „Nyukasl West End“ ikkita mahalliy klublari Nyukasl Yunaytedga birlashtirilgandan soʻng, stadion uning tasarrufiga oʻtdi. Koʻp oʻtmay, 1899-yilda stadionda tribunalar paydo boʻldi va stadionning sigʻimi 28 ming kishiga etdi. Oʻn-yil oʻtib, 1906-yilda, rekonstruksiyadan soʻng, stadion 60 ming kishini sigʻdira oladigan bõldi.
XX asrda
[tahrir | manbasini tahrirlash]1987-yilda Nyukasl shahar kengashi devorida raqiblar uchun dahshatli hisoblangan, oq-qora „NEWCASTLE UNITED“ yozuvi bilan mashhur boʻlgan Gʻarbiy tribunani yopishni buyurdi. Shundan soʻng, uning oʻrniga yangi tribuna qurildi, unga Nyukasl oʻyinchisi Jeki Milbern nomi berildi — „Milburn Stand“.
1989-yildagi Hillsboro fojiasidan soʻng, futbol maʼmuriyati tik turgan joylar tomoshabinlar uchun xavfli deb qaror qildi va ularni taqiqladi. Oʻshanda klubda stadionni rekonstruksiya qilish uchun pul yoʻq edi, lekin klub muxlisi boʻlgan Ser Jon Xoll „hakkalar“ni qutqarishga keldi. U oʻz choʻntagidan taʼmirlashga 14 million funt sterling sarfladi va 1993-yilda uning nomini olgan „Sir John Hall Stand“ deb nomlangan yana bir tribuna qurish uchun pul ajratdi.
1996-yilda futbol boʻyicha Yevropa chempionati oʻyinlarini yaʼni Fransiya Ruminiya va Bolgariya terma jamoalari ishtirokidagi „B“ guruhi oʻyinlari oʻtkazildi.
XXI asr
[tahrir | manbasini tahrirlash]2000-yilda stadionda soʻnggi rekonstruksiya ishlari bajarildi, buning natijasida stadionning sigʻimi 52 405 kishiga oshdi.
2011-yil 10-noyabr kuni klub rasmiy sayti investitsiyalarni jalb qilish va manfaatdor tomonlar uchun nom sotish maqsadida „Sport Direct Arena“ga stadioni vaqtinchalik nomini almashtirilishi haqidagi yangiliklar nashr qilindi[2] . Bu muxlislar va futbol jamoatchiligining qattiq noroziligiga sabab boʻldi. Muxlislar bu qarorga norozilik bildirishdi va klub egasi Mayk Eshlining obroʻsi pasayishda davom etdi.
9-oktabr 2012-yil stadion „Wonga“ bilan klub homiylik shartnomasi doirasida kelishuvg erishib, uning asl nomini qaytarib berdi.[3]
Haykal va memoriallar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Surat | Shaxs | Joylashuvi | Sana | Haykaltarosh |
---|---|---|---|---|
Fayl:Jackie Milburn statue, St James' Park SE corner, 9-fevral 2013-yil (cropped).jpg | Jackie Milburn | St. James' Park stadioni janubi-sharqiy burchak | 1991 | Susanna Robinson |
Bobby Robson | St. James' Park stadioni janubi-gʻarbiy burchak | 2012 | Tom Maley[4] | |
Joe Harvey | Gallouayt devori | 2014 | John McNamee Jnr | |
Alan Shirrer | Barrak Yoʻli (St. James' Park janubi-gʻarbiy burchak) | 2016 | Tom Maley [5] |
Stadion panoramasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Matchlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu stadionda bir nechta ahamiyatga molik oʻyinlar o'tkazilgan.
Sana | Terma jamoa | Hisob | Terma jamoa | Musobaqa |
---|---|---|---|---|
18-mart 1901 | Angliya | 6-0 | Uels | British Home Championship |
6-aprel 1907-yil | 1-1 | Shotlandiya | ||
15-noyabr 1933-yil | 1-2 | Uels | ||
9-noyabr 1938-yil | 4-0 | Norvegiya | Oʻrtoqlik | |
10-iyun 1996 | Ruminiya | 0-1 | Fransiya | UEFA Euro 1996 |
13-iyun 1996-yil | Bolgariya | 1-0 | Ruminiya | |
18-iyun 1996-yil | Fransiya | 3-1 | Bolgariya | |
5-sentabr 2001-yil | Angliya | 2-0 | Albaniya | 2002 FIFA Jahon kubogi saralashi (UEFA) |
18-avgust 2004-yil | 3-0 | Ukraina | Oʻrtoqlik | |
30-mart 2005-yil | 2-0 | Ozarbayjon | 2006 FIFA Jahon
kubogi saralashi (UEFA) | |
26-iyul 2012-yil | Meksika | 0-0 | Janubiy Koreya | Olimpiada 2012 |
26-iyul 2012-yil | Gabon | 1-1 | Shveysariya | |
29-iyul 2012-yil | Yaponiya | 1-0 | Marokash | |
29 Iyul 2012 | Ispaniya | 0-1 | Gonduras | |
1 Avgust 2012 | Braziliya | 3-0 | Yangi Zelandiya | |
4 Avgust 2012 | Braziliya | 3-2 | Gonduras |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Premier League Handbook 2020/21“. Premier League. 12-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2021-yil.
- ↑ Newcastle rename St James' Park the Sports Direct Arena
- ↑ Newcastle United sponsorship deal with Wonga will see St James' Park reinstated as stadium name
- ↑ „Sir Bobby Robson statue unveiled at Newcastle United's ground“. BBC News (6-may 2012-yil). Qaraldi: 13-iyun 2019-yil.
- ↑ „Alan Shearer statue unveiled at St James' Park“. BBC News (12-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 13-iyun 2019-yil.