Kontent qismiga oʻtish

Snayper

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Snayper (ing. snipe — panadan otmoq) — maxsus moʻljalga olish moslamasi bilan jihozlangan quroldan otish, dushmandan panalanish va uni kuzatish sir-asrorlarini egallagan mergan. Snayper nomi Birinchi jahon urushi davrida ingliz armiyasida paydo boʻlgan, Ikkinchi jahon urushida keng qoʻllangan. Snayper maxsus jihozlangan pana joy (pozitsiya)dan turib otadi. Ayrim hollarda u qorongʻida koʻrish va kuzatish asbobi bilan ham taʼminlanadi. Snayper 800 metrgacha uzoqlikdagi nishonni poylashi mumkin. Artilleriya, tank qoʻshinlari va aviatsiyadagi mohir otuvchilar ham snayper deb ataladi. Oʻzbekistonda qadimdan qoʻshinlardagi mohir kamonchilar va ovchilar mergan deb atalgan.