Simpatik nerv sistemasi
Qiyofa
Simpatik nerv sistemasi (grekcha: συμπαθής - sympathia — sezuvchan, taʼsirga beriluvchan) — odam va umurtqali hayvonlar vegetativ nerv sistemasining bir qismi. Parasimpatik nerv sistemasi bilan birga ichki aʼzolar faoliyatini boshqaradi. Simpatik nerv sistemasi organizmda talaygina funksiyalarni boshqaradi; uning tolalari bo’ylab modda almashinuvini kuchaytiradigan, yurak urishini tezlashtiradigan, qon tomirlarni toraytiradigan, ko’z qorachig’ini kengaytiradigan va boshqa impulslar o’tadi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |