Kontent qismiga oʻtish

Saxi ziyoratgohi

Koordinatalari: 34°31′12″N 69°08′48″E / 34.52000°N 69.14667°E / 34.52000; 69.14667
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saxi ziyoratgohi
زیارت سخی
Saxi
سخی

Saxi ziyoratgohi, 2018-yil
Umumiy maʼlumot
Maqomi ziyoratgoh
Meʼmoriy uslubi islom arxitekturasi
Joylashuvi Kobul, Afgʻoniston
Koordinatalar 34°31′12″N 69°08′48″E / 34.52000°N 69.14667°E / 34.52000; 69.14667
Saxi ziyoratgohi

Saxi Shoh-e Mardan ziyoratgohi yoki Ziyarat-e Saxi (Pushtu / dariycha: زیارت سخی), Afgʻonistonning Kobul shahridagi Karte Saxi hududida joylashgan ziyoratgoh va masjiddir. Bu islom paygʻambari Muhammadning choponi olib kelingan joy hamda Muhammad paygʻambardan keyin Muhammadning kuyovi va amakivachchasi Alining oʻn ikki imom orasidan birinchi xalifa boʻlganligidagi ziyorati bilan bogʻliq. Ziyoratgoh Asamayi tepaligining etagida joylashgan boʻlib, hozir Televizion tepalik nomi bilan ham mashhur. Uning shimoli va gʻarbiy hududida Saxi qabristoni joylashgan.

Ziyoratgoh neo-Safaviy fors uslubidagi sirlangan koshinlar bilan bezatilgan. Binoda koʻplab yozuvlar, jumladan, Qur’on oyatlari, duolar, hadislar va sheʼrlar toʻplami bor.

Tarix va afsonalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu ziyoratgoh Qandahordagi Libos ziyoratgohida Muhammadning ridosi saqlangan hududni belgilaydi, deb ishoniladi. Bu ridoni Muhammadning qizi Fotima, uning eri va Muhammadning amakivachchasi Ali hamda ularning oʻgʻillari Hasan va Husayn yordamida tayyorlagani aytiladi. Muhammad vafotidan oldin u Uvays al-Qaroniyga ridosini vasiyat qilib, Ali va Umarga Uvaysga oʻlimidan soʻng ridoni berish kerakligini aytadi. Muhammad vafotidan keyin Uvays ridoni Jabal al-Nurdagi Hiro gʻoriga olib boradi, u yerda Muhammad birinchi vahiyni olgan edi. U Shayx al-Uliyo Qutba al-Atqiya tomonidan Bagʻdodga olib ketilgunga qadar gʻorda qolgan deb ishonilar edi. Amir Temur keyinroq u yerni egallagach, ridoni oʻz yurtining poytaxti Samarqandga olib boradi hamda rido u yerda 1076/1665—1666-yillargacha saqlaniladi. Soʻngra rido Hindistonga olib ketilgan va u yerdan hozirgi Afgʻonistonning gʻarbidagi Balxga, shaharning oʻsha paytdagi hokimi Mir Yorbek tomonidan olib kelingan. U kiyimni xavfsiz saqlash uchun Badaxshonning Juzgun shahrida qal’a quradi. Rido Juzgʻunga koʻchirilgach, aholi punkti Fayzobod nomi bilan mashhur boʻldi. Rido u yerda yetmish toʻqqiz yil saqlanilgan.

1181—1767/1768-yillarda Ahmadshoh Durroniy ridoni oʻzining poytaxti Qandahorga koʻchirishga qaror qilgan. U koʻchirishni Shoh Valixon Eʼtemad ad-Davloga topshiradi. Bu ridoni bir guruh taqvodor kishilar safarga olib chiqishadi. Kobul Fayzoboddan janubda joylashgan boʻlib, guruh dam olish uchun toʻxtashadi. Bu hududda mahalliy aholiga ridoni koʻrishadi. Bir kuni ridoni olib ketayotgan odamlar uning yonida yashil kiyingan, namoz oʻqiyotgan kishini koʻradilar. Uchinchi kechada ular yashil kiyimdagi odam ridoni yana bir bor koʻrgani kelganini tushlarida koʻrishadi. U qilichini gʻilofidan olib, yaqin atrofdagi toshga qoʻyganida, ular uning tigʻida ikki uch borligini payqashadi. Ular qilichni Zulfiqor, egasini esa Imom Ali deb oʻylaydilar. Ali qilich qoʻygan deb hisoblangan tosh hozir ziyoratgoh binosi hududida joylashgan. Erkaklar uygʻonib, bu joyda ziyoratgoh qurish kerakligini tushunib yetishgan. Ahmadshoh qoya ustidagi bitta gumbazli birinchi inshootning qurilishiga homiylik qiladi. Rido bu yerda sakkiz oy qolib, janubga Qandahorga olib ketiladi, hozir ham u oʻsha yerda. 1996-yilda Muhammad Umar ridoni kiygan.

Qayta tiklashdan oldin ziyoratgohning orqa tomoni

1919-yilda Omonullaxonning onasi tomonidan ziyoratgohga ikkinchi gumbaz qoʻshilgan. 2008-yildan 2016-yilgacha boʻlgan taʼmirlash ishlari davomida toʻrtta qoʻshimcha gumbaz barpo etilgan[1].

Har yili ziyoratgoh tashqarisida Navroʻz bayrami boʻlib oʻtadi, unda Muhammadning bayroqdorlardan biri boʻlgan Imom Ali xotirasiga katta bayroq koʻtariladi.

Binoning ayollar uchun moʻljallangan kichik yer osti ziyoratgohi mavjud. Devorga oʻyib ishlangan zinapoya kichik gʻorga oʻxshash xonaga olib kiradi, bu yerda ayollar iltimosnoma va nazrlarni qoldirishlari mumkin edi.

Ziyoratgohga asosan shia jamoasidan boʻlgan hazoralar tashrif buyurishadi. Koʻp jihatdan, ziyoratgoh bir qator muhim hujumlarning qurboni boʻlgan, jumladan 2018-yil mart oyida Kobuldagi xudkush portlashida ziyoratgohga kuchli ziyon yetgan. 2021-yil oxirida The New York Times jurnalistlari ziyoratgohni Islomiy davlatdan himoya qilish vazifasi yuklangan „Tolibon“ning olti kishilik boʻlinmasi bilan birga „erkaklar oʻz topshiriqlarini qanchalik jiddiy bajarganliklari“ xususida maqola chop etishgan[2].

  1. This history of the cloak of Muhammad and the Sakhi shrine is taken from the history given in an inscription on the wall inside the menʼs side of the shrine.
  2. Blue. „On Patrol: 12 Days With a Taliban Police Unit in Kabul“. The New York Times (2022-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 7-mart.