Kontent qismiga oʻtish

Sara Serraiocco

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sara Serraiocco
Tavalludi 13-avgust 1990-yil (1990-08-13) (34 yosh)
Fuqaroligi Italiya bayrogʻi Italiya
Kasbi Aktrisa
Turmush oʻrtogʻi Maurilio Mangano
Bolalari 1

Sara Serraiocco (1990-yil 13-avgustda tugʻilgan) – italiyalik aktrisa, „Counterpart“ teleserialidagi Baldwin roli bilan tanilgan.

Hayoti va karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sara Serraiocco 1990-yil 13-avgustda Italiyaning Pescara shahrida tugʻilgan. Yoshligidan raqs va kinoga ishtiyoqi baland boʻlgan. Aktyorlik karyerasini boshlashdan oldin biroz muddat raqs oʻqituvchisi boʻlib ishlagan[1]. 2010-yilda Serraiocco Rimga koʻchib oʻtgan va u yerda Centro Sperimentale di Cinematografia nomli Italiya milliy kino maktabida oʻqigan[2].

Serraiocco „RS Roma“ nomli jinoyiy serialning bir epizodida rol ijro etganidan soʻng, 2013-yilda „Salvo“ filmida rol oʻynagan va 2013-yilgi Kann kinofestivalida „Tanqidchilar haftaligi“ Gran-prisi bilan taqdirlangan. Ushbu filmdagi Palermo chekkasida tarbiyalangan koʻzi ojiz qiz roli unga yana bir nechta mukofotlarni, jumladan, eng yaxshi aktrisa nominatsiyasida Italiyaning Oltin globus mukofotini va eng yosh isteʼdod yoʻnalishida „Guglielmo Biraghi“ Nastro d’Argentoni mukofotini keltirgan.

2014-yilda Serraiocco rejissyor Liliana Cavani tomonidan suratga olingan „Francesco“ mini-serialida Saint Clare rolini oʻynash uchun tanlab olingan.

2015-yilda esa rejissyor Lamberto Sanfelicening „Cloro“ nomli filmida rol oʻynagan. Film Robert Redfordning Sundance kinofestivalida ham, 65-Berlinale festivalida ham namoyish etilgan. Serraiocco ushbu roli uchun 2015-yilgi Globo d’oro mukofotida eng yaxshi aktrisa nominatsiyasiga sazovor boʻlgan. Oʻsha yili u Enrico Pau tomonidan suratga olingan „Accabadora“ filmida Tecla rolini oʻynash uchun tanlangan. Keyin esa 2015-yilgi Rim kinofestivalida hakamlar hay’ati tarkibiga taklif qilingan.

Serraiocco 66-Berlin xalqaro kinofestivalida Yevropaning eng yaxshi isteʼdodi sifatida Shooting Stars mukofotiga sazovor boʻlgan. Shu orada, u Marco Danielining „Worldly Girl“ nomli debyut badiiy filmida bosh rolni ijro etgan. Bu film Venetsiya kinofestivali doirasida oʻtkazilgan GdA dasturida namoyish etilgan. Uning ushbu filmdagi ijrosi bir qator eʼtiroflarga sazovor boʻlgan: eng yaxshi aktrisaga nomnatsiyasida Premio Pasinetti (Kino tanqidchilari milliy uyushmasi mukofoti), Globo d’oro va Nastri d’argento mukofotlari. Bundan tashqari, u Michele Riondino bilan birgalikda yilning eng yaxshi aktyorlik juftligi sifatida Oltin Ciak mukofotini qoʻlga kiritgan[1][3].

U 2017-yilda Giovanni Veronesi rejissyori boʻlgan „No Country for Young Men“ filmida Nora rolini ijro etgan boʻlib, film Radio 2 radio tarmogʻida Danieli tomonidan olib boriladigan radio shousidan ilhomlanib yaratilgan. Filmdagi roli uchun Serraiocco 2017-yilda „Bosh roldagi eng yaxshi aktrisa“ yoʻnalishida Nastri d’Argento mukofotiga nomzod sifatida koʻrsatilgan. Shuningdek, u 2017-yilgi Venetsiya kinofestivalining Orizzonti boʻlimida taqdim etilgan Cosimo Gomezning „Brutti e Cattivi“ nomli debyut filmida bosh qahramon rolini oʻynagan. Serraiocco „Counterpart“ teleserialida Oscar mukofoti sovrindori J. K. Simmons bilan birgalikda Bolduin rolini ijro etgan. Ushbu filmdagi ijrosi unga „Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa“ yoʻnalishida Autostraddle TV mukofotini keltirgan.

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Film Rol Rejissyor(lar) Izoh
2013-yil Salvo Rita Fabio Grassadonia and Antonio Piazza
2015-yil Chlorine Jenny Lamberto Sanfelice
The Accabadora Tecla Enrico Pau
Lazarus Come Out Sara Lorenzo Caproni Qisqa metrajli film
Marciapiedi Qiz bola Nicola Ragone
2016-yil Worldly Girl Giulia Marco Danieli
2017-yil No Country for Young Men Nora Giovanni Veronesi
Ugly Nasty People Rosabella „Ballerina“ Terzi Cosimo Gomez
2018-yil A Jacket Giorgia Marco Armando Piccinini & Michele Placido Qisqa metrajli film
Travelling with Adele Adele Alessandro Capitani
2019-yil The Ruthless Mariangela Renato De Maria
2020-yil Thou Shalt Not Hate Marica Minervini Mauro Mancini
I’m Fine Leo Donato Rotunno
The Italian Boys Sara Lorenzo Caproni
2021-yil All Star: Return to the Cinema Chiptalar agenti Vincenzo Alfieri Qisqa metrajli film
2022-yil Lord of the Ants Graziella Gianni Amelio
Dry Giulia Paolo Virzì
2023-yil Il ritorno di Casanova Silvia Gabriele Salvatores
The First Day of My Life Emilia Paolo Genovese
2024-yil Vermiglio Maura Delpero
Sulla terra leggeri Miryam Sara Fgaier
Under production Ho visto un re Giorgia Farina

Teleseriallari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Serial Rol Rejissyor Izoh
2014-yil Francesco Assisilik Clare Liliana Cavani Telefilm
2017-2019-yillar Counterpart Nadia Fierro / Baldwin Justin Marks 14 ta qism
2024-yil Becoming Karl Lagerfeld Graziella Fontana Jérôme Salle
Nastro dʼargento
Yil Film Nominatsiya Natija
2014-yil Salvo Yilning eng yaxshi debyutanti Yutuq
2017-yil Worldly Girl va No Country for Young Men Eng yaxshi aktrisa Nominatsiya
2018-yil Brutti e cattivi Komediya janridagi eng yaxshi aktrisa Nominatsiya
2021-yil Though shall not hate Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa Yutuq
Italian Golden Globe
Yil Film Nominatsiya NAtija
2014-yil Salvo Eng yaxshi aktrisa Yutuq
2015-yil Cloro Eng yaxshi aktrisa Nominatsiya
2017-yil Worldly Girl Eng yaxshi aktrisa Nominatsiya
Berlin Film Festival
Yil Film Nominatsiya Natija
2016-yil Cloro Yevropaning eng yaxshi talanti Yutuq
Venice film festival
Yil Film Nominatsiya Natija
2016-yil Worldly Girl Eng yaxshi aktrisa Yutuq
2022-yil Siccità Eng yaxshi ansambl ijrochisi Yutuq
2014-yil Salvo Eng yaxshi aktrisa Yutuq
Ciak dʼoro
Yil Film Nominatsiya Natija
2017-yil Worldly Girl Eng yaxshi juftlik Yutuq
Festival du film dʼ Annecy
Year Title Category Result
2015-yil Cloro Eng yaxshi aktrisa Yutuq
2016-yil Worldly Girl Eng yaxshi aktrisa Yutuq
Autostraddle TV Award
Yil Film Nominatsiya Natija
2018-yil Counterpart Ilmiy-fantastik serialda LGBTQ+ qahramoni rolini oʻynayotgan eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa Nominatsiya
  1. 1,0 1,1 Arianna Finos. „L'ascesa di Sara Serraiocco, da Cannes al Sundance“. La Repubblica (2014-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 22-fevral.
  2. Giulia Bianconi. „Il sogno della Serraiocco: "Vorrei recitare con DiCaprio"“. Il Tempo (2016-yil 16-fevral). 2016-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-fevral.
  3. Alissa Simon. „European Shooting Stars 2016: Sara Serraiocco“. Variety (2016-yil 3-fevral). Qaraldi: 2016-yil 22-fevral.