Kontent qismiga oʻtish

Sallagul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sallagul (Paeonia) — sallaguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar, baʼzan chala buta va butalar turkumi, ekma gul. Yevropa, Yevrosiyo va Shimoliy Amerikada 40 ga yaqin, Oʻzbekistonda 2 turi maʼlum. Oʻtsimon xitoy yoki sutrang sallagul, dorivor sallagul va boshqa turlariga mansub juda koʻp navlari ekiladi. Ildizi kuchli rivojlangan, yoʻgʻon. Novdalari tik, 30-120 sm, koʻpincha shoxlanmagan. Bargi ketma-ket joylashgan, yashil yoki koʻkimtir, kuzda qizgʻish yoki toʻq binafsha rang. Guli yirik (diametri 20 sm gacha), yakka, oq, sargʻish, pushti, qizil, deyarli hammasi xushbo'y hidga ega. Asosan, avgust oxiri - sentyabr boshlarida ildizini bo'lish bilan ekiladi. Yangi ekilgan o'simlik ekilganidan keyin 2-3-yili may-iyunda gullaydi. Hovli va dala bogʻlarda oʻstiriladi. Butasimon turlaridan yarim buta sallagul ekiladi, oʻtsimon sallagul turlari ildizlariga payvandlash, parvalish qilish, qalamchasi va urugʻidan koʻpaytiriladi. Aprel-iyunda gullaydi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil