Kontent qismiga oʻtish

Omnibus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Omnibus (lotincha omnibus — hamma uchun) — koʻp oʻrinli ot-arava; jamoat transportining dastlabki turi; avtobusning oʻtmishdoshi. Nechta yoʻlovchi tashishiga qarab, unga 2, 4, hatto 6 ot qoʻshilgan. Dastlab (1662-yili) Parijda paydo boʻlgan, keyinchalik boshqa Yevropa mamlakatlariga tarqalgan. Shaharlar ichida va shaharlar orasida qatnagan. Ichki yonuv dvigateli paydo boʻlganidan soʻng (1860) asta-sekin oʻz ahamiyatini yoʻqota borgan. Baʼzi Yevropa mamlakatlarida 20-asr boshlarigacha qoʻllangan. Hozir Omnibus oʻrnini avtobus butunlay egallagan. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil