Kontent qismiga oʻtish

Nitratlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nitratlar, metall nitratlari — nitrat kislota HNO3 tuzlari. Rangsiz kristallar; oddiy sharoitda barqaror. Yuqori temperaturada kislorod ajratib chiqarib parchalanadi. N. parchalanganida tarkibidagi metallning faolligiga qarab turlicha maqsulotlar hosil boʻladi. Mas, ishqoriy va ish-qoriy-yer metallarning N.i parchalanganida nitritlar hosil boʻladi va kislorod ajralib chiqadi; ogʻir metallarning N.i parchalanganida metall oksidi, azot (1U)-oksid va kislorod hosil boʻladi. Ammoniy nitrat NH4NO3, kaliy nitrat KNO3, kalsiy nitrat Ca(NO3)2 selitralar deb ataladi. N. nitrat kislotani metallar, oksidlar, gidr-oksidlar va baʼzi tuzlarga taʼsir etti-rib olinadi. Turli sanoat sohalarida, qishloq xoʻjaligida oʻgʻit sifatida, portlovchi moddalar ishlab chiqarishda, boʻyoqchilikda tezob sifatida qoʻllanadi. N. zaharli. Odam oʻpkasida shish paydo qiladi, koʻngilni behuzur qiladi, yoʻtaltiradi, oʻtkir yurak-tomir yetishmovchiligi va boshqalarga sabab boʻladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil