Kontent qismiga oʻtish

Nikolay II

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nikolay II
Tavalludi 18-may 1868[1]
Vafoti 17-iyul 1918
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi
Otasi Aleksandr III
Onasi Mariya Feodorovna (Aleksandr III ning rafiqasi)

Nikolay II yoki Nikolay Aleksandrovich Romanov (ruscha: Никола́й II Алекса́ндрович) (1868.6. 5, Sarskoye Selo, xoz. Pushkin shahri — 1918. 17.6, Yekaterinburg) — Rossiyaning soʻnggi imperatori (1894—1917), imperator Aleksandr III ning kata oʻgʻli. N. II davrida mamlakat sanoat-iqtisodiy jihatdan tez surʼatlarda rivojlangan. Rossiya Yaponiya bilan boʻlgan urush (1904—1905)da magʻlubiyatga uchragan, bu esa Rossiyada 1905—1907-yillar inqilobiga sabab boʻlgan. Inqilob davrida (1905-yil 17-oktyabr) Manifest qabul qilingan. Unga koʻra, mamlakatda siyosiy partiyalar tuzilishiga va Davlat dumasi taʼsis etilishiga ruxsat etilgan; Stolipin agrar islohoti amalga oshira boshlangan. 1907-yil Rossiya Antanta aʼzosi boʻlgan va uning tomonida turib Birinchi jahon urushiaa qatnashgan. 1915-yil avgustdan oliy bosh qoʻmondon. Turkiston va Rossiyaning boshqa mintaqalaridan front va front ortidagi mudofaa inshootlarini qurish uchun kishilarni safarbar qilish toʻgʻrisidagi (1916-yil 25-iyun) farmoni Turkistonda ommaviy qoʻzgʻolonlar koʻtarilishiga olib kelgan. 1917-yil fevral inqilobi jarayonida taxtdan voz kechgan (2 (25) mart). Oilasi bilan birga Yekaterinburgda Lenin koʻrsatmasi bilan bolsheviklarning Ural oblast Soveti qarori asosida otib tashlangan (Oilaviy oʻldirilgan va sulolaga barham berilgan)[2].

  1. (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil