Kontent qismiga oʻtish

Natan Gurevich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Natan Gurevich Yakovlevich
Tavalludi 1888-yil
Rajitsa, Latviya
Vafoti 1938-yil 7-oktyabr
Toshkent
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Faoliyat yillari 19031938

Natan Gurevich Yakovlevich (1888-yil, Rajitsa — 1938-yil) — Qizil yulduz ordeni sohibi, O‘zbekiston SSR Xalq komissarlari soveti raisining ikkinchi oʻrinbosari. Keyinchalik qatagʻon qurboni boʻlgan.

Natan Gurevich 1888-yil 11-aprelda Latviyaning Rajitsa shahrida meshchan oilasida dunyoga kelgan[1]. 19031906-yillarda Pskovdagi Bayq ustaxonasida shogird, 1906-1909-yillarda Vologda shogird, usta yordamchisi bo‘lib ishlagan.

1909—1912-yillarda harbiy xizmatni o‘tagan. Armiyadan qaytgandan so‘ng 1912-yildan 1915-yilgacha Buxoro shahrida joylashgan kerosin omborida ish boshqaruvchi bo‘lib ishlaydi. 1915—1916-yillarda Qozogʻistonning Aris stansiyasida kerosin ombori mudiri, 1916—1918-yillar orasida esa Buxoro yig‘uv punkti mudir yordamchisi, keyinroq mudir bo‘lib ishlagan. 1918-yildan 1921-yilgacha Yangi Buxoroda Markaziy Xalq xo‘jaligi kengashi, tuman paxtachilik bo‘limi raisi bo‘lgan. Paxtachilik sohasida Turkiston Respublikasi kollegiya a‘zosi sifatida ishlagan.

1921-yilning boshidan iyul oyiga qadar Qo‘qonda viloyat xalq xo‘jaligi kengashi raisi vazifasini bajargan. 1921—1923-yillarda esa tashqi savdo xalq komissarligining Buxoro, Turkiston respubliklari bo‘yicha bo‘lim boshqaruvchisi va vakili, 1923—1924-yillari Buxoro paxtachilik komitetida Likviditsiya qilish komissiyasi raisi sifatida faoliyat yuritgan[2]. Rus va yahudiy tillarini mukammal bilgan. 1918-yilning mart oyida Qizil armiya saflarida oddiy askar sifatida Buxoro amirligiga qarshi kurashgan. 1924-yilda Buxoro Xalq hukumati paxtachilikni tiklashdagi faol ishtiroki uchun Qizil yulduz ordeni bilan taqdirlagan. 1933-yildan 1937-yilgacha O‘zbekiston paxta tayyorlash trestining boshqaruvchisi, 1937-yil 16-mayda O‘zbekiston SSR Xalq komissarlari soveti raisining ikkinchi oʻrinbosari bo‘lib ishlagan. Yashash manzili sifatida Toshkent shahri, Sovetskaya koʻchasi 16-uy roʻyxatga olingan. SSSR Oliy Sudi kollegiyasining 1938-yil 7-oktyabrda sayyor yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Unda Natan Gurevich ishi koʻrib chiqiladi. Mahkum sud hukmiga binoan oʻlimga hukm etilgan[3], jazo oʻsha kuniyoq amalga oshirilgan.

  1. „ГУРЕВИЧ Натан Яковлевич“. CentrAsia.org. Qaraldi: 20-iyul 2023-yil.
  2. Rustambek Shamsutdinov. O'zbekistonda sovetlarning qatag'on siyosati va uning oqibatlari (1-kitob) (oʻzbekcha). Toshkent: Sharq nashriyoti 2012 — 162-bet. ISBN 978-9943-00-481-8. 
  3. Naim Karimov. 1937-1938-yillardagi „Katta qirg'in“ning fojiali oqibatlari. Toshkent 2015 — 158-bet.