Nanchan
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nanchan — Xitoyning sharqiy qismidagi shahar, Ganszyan daryosi buyida. Szyansi provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 4,1 mln. kishi (1998). Poyanxu koʻli sistemasidagi suv yoʻllari tuguni. Yirik qishloq xoʻjaligi rayonining markazi. Asosiy sanoat tarmogʻi — toʻqimachilik (xususan, ip gazlama sanoati). Stanoklar, avtomobil va qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chiqarish korxonalari, sellyuloza-qogʻoz, farforkeramika, oziq-ovqat sanoati korxonalari, universitet bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |