Martin Luther King Jr.
Qiyofa
Martin Luther King | |
---|---|
Tavalludi |
5-yanvar 1929-yil |
Vafoti |
4-aprel 1968-yil (39 yoshda) Memphis, Tennessee, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Otasi | Martin Luther King Sr. |
Onasi | Alberta Williams King |
Martin Luther King, Jr. (talaffuzi: Martin Lyuter King; 15-yanvar, 1929 — 4-aprel, 1968) — afroamerikalik baptist rohibi hamda Amerika inson huquqlari faoli va yetakchisi boʻlgan. U bugun AQSh tarixida inson huquqlari taraqqiyoti uchun muhim hissa qoʻshgan shaxs sifatida eslanadi. U AQShda qora tanli aholining fuqarolik huquqlari uchun kurash rahbarlaridan biri boʻlgan boʻlib, kuch ishlatmasdan, tinch yoʻl bilan kurashish usuli tashabbuskoridir. Baptistlar ruhoniysi (1954-yildan). „Xristian rahbarlarining janubiy konferensiyasi“ uyushmasining asoschisi (1957). Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti laureati (1964). Irqchilar tomonidan oʻldirilgan.[1]