Kontent qismiga oʻtish

Maniax

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Maniax (6-asr) — Turk xoqonligining Eronga yuborgan elchilar guruhi rahbari, sugʻdlik savdogar. Xusrav I Anushirvon uzoq vaqtgacha Sugʻd elchilariga uzil-kesil javob bermay turgan, sugʻ-dlar keltirgan ipak mollari namunalarini oʻtga tashlattirgan. M. elchiligi muvaffaqiyatsiz chiqqach, turklar Vizantiya bilan ittifoq boʻlib, Eronga qarshi yurish boshlashga qaror qilishgan. 568569 yillarda Turk xoqonligi Konstantinopolga, Yustin II saroyiga yana M.ni boshliq qilib elchilar yuborgan. Unga Eronni bir chekkada qoldirib, Vizantiya bilan bevosita savdo munosabatlari oʻrnatish vazifasi yuklatilgan. U zimmasidagi vazifani uddalagan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil