Kontaktor
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kontaktor — past kuchlanishli oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok zanjirlarini maʼlum masofadan turib ulab oʻzadigan elektromagnit apparat. Mustaqil va magnitli ishga tushirish, ish mashinasi va qurilma ichiga oʻrnatilgan xillari boʻladi. Elektromagnitdan tok oʻtganda elektromagnit gʻaltagi yakorni oʻziga tortadi va zanjir kontaktlari tutashadi. K. boshqarish zanjiriga ketma-ket yoki parallel ulanadi. K. kuchlanishi 650 V gacha, tok kuchi 1000 A gacha boʻlgan elektr mashinalari va apparatlarini boshqarishda qoʻllanadi. Oʻzgarmas tok K.lari tramvay, trolleybus va elektrovoz dvigatellarini, oʻzgaruvchan tok K.lari asinxron dvigatellarni (stanok, liftlarda) boshqarish uchun ishlatiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |