Kalejush
Kalejush yoki Kalejoosh — Eron taomlaridan biridir. Uning boshqa nomlari qatorida „Kashk Kalejush“, „Ashkeneh Kalejush“, „Qatqou“, „Dafkali“ va „Dogʻgarm“, kabi nomlarini ham koʻrishimiz mumkin.
Kalejush uchun kerakli masalliqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Suzma
- Piyoz
- Maydalangan yong‘oq donachalari
- Yog‘
- Imbir
- Quritilgan yalpiz
- Maydalangan qizilmiya — bir osh qoshiq
Kalejushni qanday pishirish kerak
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yog‘ni qozonda past olovda qizdirib va piyoz qovuriladi va yong‘oq, yalpiz va imbirni qo‘shib ozgina aralashtiriladi. Yaxshilab qovurilganidan so‘ng, kerakli suv bilan suzma qo‘shiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Suzma qaynatilgunga qadar ovqatni gazdan olib tashlashadi. Taʼbga qarab, qizilmiya kabi boshqa ziravorlar qo‘shish mumkin. Muhumi suzma ko‘p qaynatilmasligi kerak, aks holda buziladi. Kalejush stolga to‘g‘ralgan non, yalpiz, rayhon va oq piyoz bilan qo‘yiladi. Qovurilgan baqlajon esa Kalejush tortilgan stolni yanada to‘ldiradi.
Baʼzi hududlarda suzma o‘rniga ayron ishlatiladi, baʼzan esa yong‘oq bilan birga un ham ishlatiladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Daryabandari, Najaf, Fahima Rastkar bilan hamkorlikda, Mustatab pazandachilik kitobi, sarimsoqdan piyozgacha, Tehron: Karname nashriyoti, 2004 yil yozi, 1-jild, 980-bet. ¥