Ijtimoiy himoya
Ijtimoiy himoya - keng maʼnoda — mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini taʼminlaydigan va jamiyatda qaror topgan xuquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy choratadbirlar majmui; tor maʼ-noda — davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli taʼminlanmagani tufayli yordamga, koʻmakka muhtoj fuqarolar toʻgʻrisidagi gʻamxoʻrligi. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining toʻxtovsiz yaxshilanishini taʼminlash, aholi qat-lamlarining taʼlim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini taʼminlashga yordam berishdan ibo-rat. I.h.ning asosiy yoʻnalishlari: erkin ijtimoiyiqtisodiy faoliyat koʻrsatishni taʼminlash; ish bilan bandlik, kasb tanlash, oʻqish va bilim olish; daromadlarning kafolatlani-shi; har bir fuqaroning oʻz iqtisodiy faoliyatida daromadga ega boʻlishi; is-teʼmolchilar himoyasi, isteʼmolchilar jamiyatlari; tovarlar va xizmatlar sifati, isteʼmol kafolatini taʼminlash; aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish; ijtimoiy taʼminot tizimi va aholining muhtoj, kam taʼminlangan qismlariga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar berish.
Rivojlangan demokratik jamiyatda I.h. vazifalarini bajarishni davlat oʻz zimmasiga oladi. „I.h.“ tushunchasi birinchi marta 1935-yilda AQShning „Ijtimoiy xavfsizlik boʻyicha qonun“ ida qoʻllangan, keyinchalik Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalarida bu tushuncha mazmuni mukammallashtirilgan. AQSH, Kanada, Shveysariya kabi mamlakatlarda I.h. ning koʻpgina muammolari hal etilgan, lekin yechimini topmagan muammolari ham juda koʻp. Shunga qaramay, bu mamlakatlar tajribalaridan foydalanish ahamiyatlidir.
Turli mamlakatlarda aholini I.h. tizimi mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi, demokratik taraqqiyot va uning aholi manfaatiga muvofikligi, ijtimoiy siyosat darajasi, ijtimoiy taʼminot tizimi kabi omillarga bogʻliq holda amal qiladi.
Oʻzbekistonda Id. tizimi 20-asrning 20-y.laridan boshlab shakllana boshladi. 90-y.larga kelib, bozor iqtiso-diyotiga oʻtish asosida amaldagi islohotlarga mos ravishda yangidan shakllandi. Ayniqsa, milliylik, oʻzlikni anglash, eʼtiqod va anʼanalarning tiklanishi I.h. tizimiga muhim yangilik boʻlib qoʻshildi.
Oʻzbekistonda aholini I.h. qilish iqtisodiy islohotlar dasturidagi uz-luksiz ustuvor yoʻnalishlardan biriga, yaʼni islohotlarning hamma bosqichlarida ustuvor hisoblanadigan va-zifalar qatoriga kiradi. Mamlakatda ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyoti barpo qilishda davlat tomonidan kuchli I.H- siyosati olib borilmoqda. Kuchli ijtimoiy siyosat Oʻzbekistonning oʻz istikdol va taraqqiyot yoʻlining yetakchi tamoyillaridan biri hisoblanadi.
Respublikada I. h.ning huquqiy muhiti yaratildi, unga qonuniy asos solindi. I.h. tamoyillari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlanib, qabul qilingan qonunlarda oʻz aksini topdi. Mamlakatda daromad olishning kafolatlanishi amalga oshirildi. Keng miqyosda yangi ish joylari yaratilishi aholini ish bilan taʼminlash ishsizlik muammosini hal qilmoqda (mamlakatda ishsizlikning statistik koʻrsatkichi — 0,5—0,6%). Bunda, ayniqsa, kichik va oʻrta biznespi rivojlantirish, kasanachilik qoʻl kelmoqda. Tovarlar sifati, aholiga xizmat koʻrsatish sohalarida amalga oshirilayotgan tadbir-choralar isteʼmolchilar himoyasini shakllantirib, aholi manfaatlarini taʼminlamoqda. Inflyasiyaning oldini olish, soʻmning xarid kuchini saqlash, biznes-tijorat ustidan davlatning maromiy nazoratini oʻrnatish, marketing, savdo, reklama kabilarni tartiblashtirish I.h. ni rivojlantirmoqda. Ekologiya bilan bogʻliq bir qancha katta himoyalash ishlari amalga oshirilib, suv, havo, yer va mahsulot tozaligiga erishilmoqda.
Oʻqish, bilim olish, kasb tanlash Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan kadrlar tayyorlashning milliy dasturi asosida tubdan yangilanmoqda. Taʼlimga ajratilgan mablagʻlar keyingi 7 yil (1995—2002-yillar) ichida yiliga yalpi ichki mahsulotning 7,1—7,76% ini, ajratilgan mablagʻ byudjet hara-jatlarining 21,77—24,12%ini tashkil etdi. Bu dunyodagi eng yuqori koʻrsatkichlardan hisoblanadi. Tibbiyotda oʻtkazilayotgan islohotlar natijasida aholiga sogʻliqni sakdash sohasida koʻrsatiladigan xizmatlar samaradorligini koʻtarish choralari amalga oshirildi. Inflyasiyata qarshi choralar ham I.h. da muhim ahamiyatga ega. Keyingi yillarda uning oʻrnini toʻla qoplash mumkin boʻlmasa ham zarar kuchini pasaytirish maqsadida ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdori oshirilmoqda (1998-yilda - 50%, 2000-yilda - 60% va 2002-yilda - 30%).
Bozor munosabatlariga oʻtish va ijtimoiy-iqtisodiy tizimni isloh qilish davrida aholini yalpi I.h. qilish tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini, ayniqsa, uning nochor guruxlarini aniq manzilli va maqsadli ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimi barpo etildi. Bu tizimda mahalla markaziy oʻrinda turadi. 1999-yilda ushbu tizim orqali kam taʼminlangan oilalar — jami 3 mln. kishi (mamlakat aholisining 12,2%) va bolali oilalar — 6,5 mln. dan optik, kishi (27%) moddiy yordam oldi. Bir oila uchun yordam puli bolalar nafaqasi bilan birga oyiga 3,4 eng kam ish haqini tashil qiladi. Bu sohada I.h., asosan, kam taʼminlangan oilalar uchun turli nafaqalar berish, aholining baʼzi guruhlari uchun imtiyozlar yaratish, yolgʻiz qariya va nogironlarni davlat hisobidan boqish va b. asosida amalga oshiriladi.
Respublika Prezidentining „Kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi farmoniga (1994-yil 23-avgust) koʻra, voyaga yetmagan farzandlari boʻlgan koʻp bolali oilalar, kam pensiya olayotganlarning oilalari, nogironlarning oilalari, ishsizlar va boquvchisini yoʻqotganlarning oilalari, yolgʻiz pensionerlar va kam daromad olayotgan muhtoj oilalarga moddiy yordam berilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 10 dekabrdagi farmoni bilan 16 yoshgacha farzandi boʻlgan kam taʼminlangan oilalar davlatning alohida otaligʻiga olindi, 2002-yil 25-yanvardagi farmonga binoan ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan farzandli oilalar do-irasi umumtaʼlim maktablarida, akademik litseylarda va kasbhunar kollejlarida oʻqiyotgan 18 yoshgacha farzandi boʻlgan oilalar hisobiga kengaytirildi.
Bulardan tashqari Oʻzbekistonda norasimiy ijtimoiy yordam turlari ham mavjud; ularga qarindoshlarning oʻzaro yordami, milliy va diniy urf-odatlar asosida qilinadigan yordam, korxona va tashkilotlarning pensionerlarga, kam taʼminlangan koʻp bolali oilalarga, beva-bechoralarga yordam puli berishi kiradi.
Respublikada ayollar, bolalar, keksalarga alohida gʻamxoʻrlik koʻrsatiladi. I.h. doirasida 1998-yil „Oila yili“, 1999-yil „Ayollar yili“, 2000-yil „Sogʻlom avlod yili“, 2001-yil „Bolalar yili“, 2002-yil „Qariyalarni qadrlash yili“ deb eʼlon qilingani va ularga taallukli maxsus dasturlarni amalga oshirish mavjud I.h. muammolarini hal qilish va bunga jamoatchilikni jalb etishda yaxshi samaralar berdi. 1995-yilda byudjet harajatlarining 21,8%, 2000-yilda 29,6% ijtimoiy sohaga ajratildi. 1999-yildan boshlab YAIM oʻsishi aholi oʻsishi surʼatidan ustun boʻlishiga erishildi. Bu turmush darajasi oʻsishining va I.h. rivojining zaminidir. Umr uzunligi 70,3 yoshni (1999-yil) tashkil etdi.
„Oʻzbekiston Respublikasi aholisini 2010-yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan ijtimoiy himoya tizimining yagona konsepsiyasi“ ishlab chiqilgan. Unda Respublikada mavjud boʻlgan I.h. va ijtimoiy yordam, pensiya taʼmino-ti, bolalarga nafaqa toʻlash, yolgʻiz kek-salarga xizmat koʻrsatish, nogironlarni protez-ortopediya buyumlari, harakatlanish vositalari bilan taʼminlash, shuningdek, tibbiy, mehnat va ijtimoiy jihatdan tiklash, tibbiy xizmat, ishsizlarni ishga joylashtirish va moddiy yordam berish, bir yoʻla (nomuntazam) yordam tizimlari asoslarida amalga oshirilishi belgilangan.
Oʻzbekistonda 2000-yilda Respublika davlat byudjetidan 72,4 mlrd, soʻm (YAIMning 2,3%) I.h.ga ajratildi (yana q. Ijtimoiy taʼminot).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Inson taraqqiyoti toʻgʻrisida maʼruza. [Oʻzbekiston - 2000], T., 2001.
Muxtor Rasulov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |