Hantama binti Hishom
Hantama binti Hishom | |
---|---|
Tavalludi | |
Vafoti | Makka, Arabiston |
Turmush oʻrtogʻi | Al-Xattob ibn Nufayl |
Bolalari |
Hantama binti Hishom (arabcha: حنتمة بنت هشام) – Roshidunning ikkinchi xalifasi Umar ibn al-Xattobning onasi, Xattob ibn Nufaylning xotini. VI asrda yashagan va Islom paygʻambari Muhammadning zamondoshi boʻlgan.
Ajdodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hantama binti Hishom Makkada Hishom ibn al-Mugʻiyra oilasida tugʻilgan.
Hishom ibn al-Mugʻiyra Quraysh boshliqlaridan biri Mugʻiyra ibn Abdullohning oʻgʻli edi. Uning qizlaridan biri Umarning onasi Hantama boʻlgan[1]. Xotini Asmo binti Muharraba bilan nikohidan Muhammadning kuchli raqibi Abu Jahl tugʻilgan[2].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hantama ibn Hishom Makkada Hishom ibn al-Mugʻiyra oilasida tugʻilgan. Quraysh qabilasining Banu Maxzum urugʻidan boʻlgan.
Hantama ibn Hishom Qurayshning Banu Adiy urugʻidan Xattob ibn Nufaylga turmushga chiqqan. Birinchi farzandi Umarni taxminan milodiy 583 yoki 584-yillarda dunyoga keltirgan (Umar Makkadagi Banu Adiy urugʻida tugʻilgan[3]). Oradan bir necha yil oʻtib qizi Fotima binti Xattob tugʻilgan. Hantama 600-yillarning boshlarida vafot etgan. Qizi Fotima ham Banu Adiy qabilasidan boʻlgan kishi bilan oila qurgan.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hantama binti Hishom Muhammadning koʻplab sahobalari bilan qarindosh edi.
Farzandlari:
- Umar ibn al-Xattob – Hantama va al-Xattobning toʻngʻich oʻgʻli.
- Fotima bint al-Xattob – qizi.
- Zayd ibn al-Xattob – oʻgay oʻgʻli, al-Xattob va uning ikkinchi xotini Asmo bint Vahbning nikohidan dunyoga kelgan.
Kelin va kuyovlari:
- Said bin Zayd Umarning singlisi Fotimaga uylangan.
- Zaynab bint Mazun 605-yildan oldin Umarga turmushga chiqqan[4]:56.
- Ummu Kulsum bint Jarval 616-yildan oldin Umarga turmushga chiqqan[5]:92.
- Qurayba bint Abu Umayya 616-yildan avval Umarga turmushga chiqqan[6]:510[5]:92.
Nevaralari:
- Abdulloh ibn Umar taxminan 610-yilda Makka tugʻilgan.
- Hafsa bint Umar – Muhammadning rafiqasi.
- Ubaydulloh ibn Umar
- Zayd ibn Umar
- Osim ibn Umar
- Abdulrahmon ibn Said ibn Zayd – Zayd Abdulrahmon nomi bilan ham mashhur, Hantamaning qizi Fotimaning oʻgʻli.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Muhammad ibn Saad, Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr, p. 203. London: Ta-Ha Publishers,
- ↑ Muhammad ibn Saad, Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, p. 209. London: Ta-Ha Publishers.
- ↑ „Umar Ibn Al-Khattab : His Life and Times, Volume 1“. archive.org.
- ↑ Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha Publishers.
- ↑ 5,0 5,1 Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Fishbein, M. (1997). Volume 8: The Victory of Islam. Albany: State University of New York Press.
- ↑ Muhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Al-Suyuti. History of the Caliphs.
- ibn Sa'ad. The Book of the Major Classes (Tabaqat al-Kubra).
- Albert Hourani, A History of the Arab Peoples, Faber and Faber, 1991.