Gazprom
Gazprom bosh ofisi, Sankt-Peterburg | |
Turi | Ochiq aksiyadorlik jamiyati |
---|---|
Tarmogʻi | Neft va gaz |
Egasi | Rossiya Hukumati (50,23%) |
Qachon asos solingan | 1989 |
Joylashuvi | Sankt-Peterburg, Rossiya |
Hududiy xizmati | Gaz quvurlari logistikasi |
Asoschi(lari) | Rossiya Federatsiyasining hukumati |
Mahsulot(lar)i | Neft, tabiiy gaz |
Daromadi | 87,7 milliard dollar(2020)[1] |
Aylanma daromadi | 8,53 milliard dollar[1] |
Operatsion foydasi | 614 851 000 000[2] |
Boyligi | 324 milliard dollar(2020)[1] |
Kapitallashtirish | 205 milliard dollar(2020)[1] |
Sof foydasi | 162 407 000 000[2] |
Ishchilar soni | 466 000(2018) |
Shoʻba korxonalari | Shoʻba korxonalari roʻyxati |
Vebsayti | gazprom.com |
Gazprom OAJ – asosan davlatga tegishli boʻlgan Rossiyaning yirik transmilliy energetika korporatsiyasi. Uning shtab-kvartirasi Sankt-Peterburgdagi Laxta markazida joylashgan[3]. Kompaniya odatda “Gazprom” nomi bilan mashhur boʻlib, ruscha “газовая промышленность” (gaz sanoati) soʻzidan olingan[4] .
Gazprom global miqyosda katta oʻringa ega. 2019-yilda u 120 milliard dollarli daromadi boʻyicha dunyodagi eng yirik tabiiy gaz kompaniyasi va Rossiyadagi eng yirik kompaniya sifatida tan olindi[5]. Shuningdek, u Forbes Global 2000 roʻyxatida dunyodagi eng yirik davlat kompaniyalari roʻyxatida 32-oʻrinni egalladi[6].
2022-yil yanvar oyida Sberbankni ortda qoldirib, bozor kapitallashuvi boʻyicha Rossiyadagi eng yirik kompaniysiga aylandi. Oʻsha yili kompaniya 8 trillion rubl miqdoridagi daromadni qayd etdi[7].
2023-yilda Gazprom xalqaro bozorlar roʻyxatidan chiqarildi, biroq u oʻzining operatsion natijalarini oshirish, jumladan, ishlab chiqarish va eksport qilish uchun muhim loyihalarini amalga oshirishda davom etmoqda.
Gazprom global energiya bozorida, xususan, tabiiy gaz sohasida muhim rol oʻynaydi. U gaz sanoatining koʻplab jabhalarida, jumladan, gazni aniqlash, qazib olish, tashish va sotish bilan shugʻullanadi[8].
Gazprom global tabiiy gaz ishlab chiqarishga muhim hissa qoʻshmoqda. 2018-yilda kompaniya dunyo boʻylab ishlab chiqarilgan tabiiy gazning 12 foizi Gazpromga toʻgʻri keladi. Bu 497,6 milliard kub metr tabiiy gaz, 15,9 million tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni tashkil etdi[9].
Gazprom nafaqat Rossiya ichida, xalqaro bozorlarga ham gazni tashish uchun quvurlarga egalik qiladi. Yevropa va boshqa mintaqalarga gaz eksportini osonlashtiradigan "Shimoliy oqim 1" va "Turk oqimi" kabi yoʻnalishlar Gazpromga tegishli[10].
„Gazprom neft“ shoʻba korxonasi orqali Gazprom yiliga 41 million tonna neft qazib oladi, zaxiralari esa 2 milliard tonnaga yaqin[9].
Gazpromning gaz va neft sohalaridan tashqari turli sanoat tarmoqlarida, jumladan, moliya, ommaviy axborot vositalari va aviatsiyada filiallari mavjud. U boshqa kompaniyalarning asosiy ulushlariga ega boʻlib, biznes portfelini yanada diversifikatsiya qilishda davom etmoqda.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1943-yil, Ikkinchi jahon urushi davrida Sovet Ittifoqi mahalliy gaz sanoatini rivojlantirishga kirishdi. Yillar davomida gazni aniqlash, qayta va taqsimlash tarmoqlari 1965-yilda gaz sanoati vazirligi tarkibiga birlashtirildi. 1970-1980-yillarda Sibir, Ural va Volga bo'yi kabi mintaqalarda muhim tabiiy gaz zaxiralari topildi[11]. Bu Sovet Ittifoqini yirik gaz ishlab chiqaruvchisiga aylandi. 1989-yil avgust oyida 1985-1989-yillarda gaz sanoati vaziri bo‘lib ishlagan Viktor Chernomyrdin rahbarligida Gaz sanoati vazirligi “Gazprom davlat gaz korxonasi” nomini oldi. Bu Sovet Ittifoqidagi birinchi davlat korxonasi bo‘ldi[12]. 1991-yil oxirida Sovet Ittifoqi parchalanganidan so‘ng, gaz sanoati aktivlari Naftogaz va Turkmangaz kabi yangi tashkil etilgan milliy kompaniyalarga o‘tkazildi. Biroq, Gazprom Rossiya ichidagi aktivlar ustidan nazoratni saqlab qoldi va gaz sohasida monopolligini saqlab qoldi.
Xususiylashtirish
[tahrir | manbasini tahrirlash]1992-yil dekabr oyida Rossiya prezidenti Boris Yeltsin Gazprom rahbarlaridan biri Viktor Chernomirdinni Rossiya Bosh vaziri etib tayinladi. Bu tayinlash Gazpromning siyosiy ta’sirini oshirdi[13].
1993-yilda Rossiya Prezidentining farmoni va Rossiya hukumati qarori bilan “Gazprom” aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. U aksiyalarini vaucher orqali sotishni boshladi va Rossiya fuqarolari, sobiq davlat kompaniyalari Gazprom aksiyalarini sotib ola boshladi[13].
1994-yilga kelib, Gazpromning 33% ga yaqin aksiyalarini 747 000 jamoatchilik vakillari vaucher almashinuvi orqali sotib oldi. Aktsiyalarning 15 foizi Gazprom xodimlariga ajratildi, davlat esa 40 foiz aktsiyani saqlab qoldi, keyinchaik, bu ko'rsatkich 38 foizgacha pasaytirildi.
Dastlab, Gazprom aktsiyalariga xorijiy egalik huquqini 9% dan koʻp boʻlmasligi toʻgʻrisida qatʼiy cheklovlar qoʻyildi. Biroq, 1996-yil oktyabr oyida Gazpromning 1% kapitali xorijliklarga Global depozit kvitansiyalari shaklida taqdim etildi. 1997-yilda Gazprom 2,5 milliard dollarlik obligatsiyalar chiqardi[14].
Viktor Chernomirdin bir vaqtning oʻzida Bosh vazir va Gazprom direktorlar kengashi raisi lavozimlarida ishladi va kompaniyaga nisbatan davlat aralashuvini kamaytirishga harakat qildi. Bu Rossiya hukumatiga soliq toʻlashdan boʻyin tovlash va kam dividend toʻlash ayblovlarini keltirib chiqardi.
Bu davrda Gazpromning turli rahbarlari va boshqaruv a‘zolari, jumladan Chernomirdin va bosh direktor Rem Viakhirev, aktivlarini yashirishda ayblanishdi. Aytilishicha, mol-mulk ularning qarindoshlari o‘rtasida taqsimlangan. Gazpromning aktivlari esa gaz savdosi bilan shug‘ullanuvchi Itera kompaniyasiga o‘tkazilgan.
1998-yil mart oyida Viktor Chernomirdin Gazpromdagi faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra Bosh vazir lavozimidan ozod etildi. Biroq, 1998-yil 30-iyunda u Gazprom direktorlar kengashi raisi etib tayinlandi[15].
Davlat nazorati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2000-yil iyun oyida Vladimir Putin Rossiya prezidenti lavozimini egallagach, milliy chempionlar dasturi orqali mamlakat oligarxlari ustidan nazoratni qoʻlga kiritish va muhim kompaniyalar ustidan hukumat nazoratini kuchaytirishga qaratilgan harakatlarni amalga oshira boshladi[16].
Ushbu saʼy-harakatlar doirasida Putin Viktor Chernomirdinni Gazprom raisi lavozimidan ozod qildi. Rossiya hukumati Gazprom ulushiga ega boʻlgani sababli, Putin oʻz taʼsirdan Rem Vyakhirevni bosh direktor lavozimidan chetlatish orqali foydalandi. Chernomirdin va Vyakhirev o‘rnini avvalroq Putin bilan Sankt-Peterburgda ishlagan Dmitriy Medvedev va Aleksey Miller egalladi.
Putinning bunday harakatlarini Hermitage Capital Management bosh direktori Uilyam Brauder va Rossiya sobiq moliya vaziri Boris Fyodorov boshchiligidagi aksiyadorlar faol qo‘llab-quvvatladi. Ularning bu saʼy-harakatlar orqali yoʻqotishlarini qoplashni maqsad qilgan edilar. Itera gaz savdo shirkati Gazprom quvurlariga kirish huquqidan mahrum bo‘ldi va moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgach,oʻgʻirlangan aktivlarni haq evaziga Gazpromga qaytarishga rozi bo'ldi.
Bu voqealar Putinning kompaniyadagi nazoratni mustahkamlash va Gazprom tarkibidagi aktivlarni qisqartirish niyatlarini koʻrsatardi. Medvedev va Millerning tayinlanishi Putinning ishonchli shaxslarni kompaniyada muhim lavozimlarga jalb qilish va oʻzining strategik maqsadlariga erishish borasidagi saʼy-harakatlarini ifodalar edi[17].
2001-yil aprel oyida Gazprom Vladimir Gusinskiyga tegishli „Media-Most Holdings“ kompaniyasidan Rossiyadagi yagona milliy davlat mustaqil televideniyesi boʻlgan NTV telekanalini sotib olib, muhim xarid qildi. Ushbu sotib olish Gazpromga mamlakatdagi muhim ommaviy axborot vositalarini nazorat qilish imkonini berdi[18][19][20] .
2002-yilda Gazpromning sho‘ba korxonasi "Gazprom Media" Gusinskiyning Media-Mostga tegishli kompaniyalardagi barcha aktsiyalarini sotib oldi va bu Gazpromning media sanoatidagi ishtirokini yanada mustahkamladi[21].
2005-yil iyun oyida Gazpromning shoʻba korxonalari, jumladan Gazprombank, Gazpromivest Holding, Gazfond va Gazprom Finance birgalikda o‘z aktsiyalarining 10,7399% ulushini Rosneftegaz davlat kompaniyasiga 7 milliard dollarga sotdilar[22][23].
Ushbu bitim natijasida Rossiya hukumati Gazprom ustidan nazoratni qoʻlga kiritib, kompaniyada o‘z ta’sirini kuchaytirdi. Keyinchalik hukumat chet elliklar uchun belgilangan yigirma foizgacha bo'lgan egalik huquqi cheklovni bekor qilib, Gazpromni xorijiy investitsiyalar uchun butunlay ochdi. Ushbu qaror kompaniya faoliyati va rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun tashqi kapitalni jalb qilishga qaratilgan edi[24][25] .
2005-yil sentyabr oyida Gazprom yana bir muhim qadamni qo‘ydi va Sibineft neft kompaniyasining 72,633% ulushini 13,01 milliard dollarga sotib oldi. Sotib olingandan so‘ng Sibneft “Gazprom Neft” deb o‘zgartirildi. Bu xarid “Gazprom”ni o‘sha paytda Rossiyadagi eng yirik kompaniyaga aylantirdi[26].
Sibneft bitimi yakuniga koʻra, Gazpromning bozor qiymati 69,7 milliard funt sterling(taxminan 123,2 milliard dollar)ga baholandi.
Gazpromning o'sishi va Rossiyadagi yirik korporatsiyaga aylanishida NTV va “Sibneft” (Gazprom Neft)ning sotib olinishi muhim rol o‘ynadi[27].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 IFRS Consolidated Financial Statements with Independent Auditor’s Report. Moskva: PJSC GAZPROM, 1-dekabr, 2020 — 86-bet. Qaraldi: 29-sentyabr, 2023. (Wayback Machine saytida 2021-09-21 sanasida arxivlangan)
- ↑ 2,0 2,1 (unspecified title) — Gazprom. — С. 86.
- ↑ Grant, Peter. „Gazprom's New Headquarters Towers Over All Others in Europe“ (en-US). The Wall Street Journal (2017-yil 6-iyun). 2020-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-fevral.
- ↑ „Сбербанк сдал строчку лидера "Газпрому"“. expert.ru. Qaraldi: 2022-yil 10-yanvar.
- ↑ „ПАО "Газпром"“ (ru). www.rusprofile.ru. Qaraldi: 2023-yil 8-sentyabr.
- ↑ „Forbes Global 2000“. Forbes. 2020-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 31-oktyabr.
- ↑ „ПАО "Газпром"“ (ru). www.rusprofile.ru. Qaraldi: 2023-yil 8-sentyabr.
- ↑ „Gazprom“ (en). Forbes. 2020-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-fevral.
- ↑ 9,0 9,1 „Operations at Gazprom“ (en). gazprom.com. 2020-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-fevral.
- ↑ „Transmission“ (en). gazprom.com. 2020-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-fevral.
- ↑ Kupchinsky, Roman. „Gazprom – A Troubled Giant“ (2012-yil 2-fevral). 2012-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 14-sentyabr.
- ↑ „Gazprom Joint Stock Company“. Gazprom. 2009-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 18-oktyabr.
- ↑ 13,0 13,1 Carpenter, J. William „The Top Natural Gas Companies in the World“ (en). Investopedia. 2020-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-fevral.
- ↑ Goldman, 61 bet
- ↑ Goldman, 101 bet
- ↑ Goldman, 104–105 bet
- ↑ Goldman, 141–142 bet
- ↑ „Russian TV station loses freedom“. BBC News (2001-yil 3-aprel). 2012-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-yanvar.
- ↑ „Russian NTV viewers on the streets“. BBC News (2001-yil 8-aprel). 2021-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-yanvar.
- ↑ Tremlett, Giles. „Putin is out to get me, says media tycoon World news, The Guardian“. The Guardian (2001-yil 24-aprel). 2021-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-yanvar.
- ↑ „Russian NTV handed to Gazprom“. BBC News (2001-yil 4-may). 2021-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-yanvar.
- ↑ „Kremlin agrees price for Gazprom“. (Wayback Machine saytida 5 March 2016 sanasida arxivlangan) BBC News 16 June 2005.
- ↑ „ОАО "Газпром" О компании / История / 2005 год“. Gazprom.ru. 2008-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-yanvar.
- ↑ Jason Bush.. „Gazprom | Open for Global Investors“. www.businessweek.com (2006-yil 13-yanvar). 2006-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Business | Gazprom opens doors to foreigners“. BBC News (2005-yil 24-iyun). 2015-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-avgust.
- ↑ Yenikeyeff, Shamil, "BP, Russian billionaires, and the Kremlin: a Power Triangle that never was" (Wayback Machine saytida 7 March 2016 sanasida arxivlangan), Oxford Energy Comment, 23 November 2011. Retrieved 24 November 2011.
- ↑ „Gazprom grabs Sakhalin gas stake“. BBC (2006-yil 21-dekabr). 2008-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 31-dekabr.