Kontent qismiga oʻtish

Garmon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Garmon, garmonika – damli (pnevmatik) tilchali musiqa cholgʻu asbobi.Bu cholg'u asbobi 2 ta yogʻoch qoplama, odatda, tugmasimon klavishlar, dam (havoni harakatga keltiruvchi moslama) hamda ichida oʻrnatilgan metall tilchalardan iborat. Havo bosimining oʻzgarishi natijasida tilchalar sadolanadi. Oʻng tomondagi klavishlar vositasida melodik, chap tomondagilari bilan joʻrnavoz tovush(akkord)lar hosil qilinadi. 1822-yilda nemis ustasi K. F. L. Bushman yasagan garmon keyingi turlari uchun asos boʻlgan. 19-asrning 30-yillarida garmon ishlab chiqarish Rossiya (Tula)da boshlangan. Keyinchalik tatar, mari, kabardin kabi xalqlarda ham keng yoyilgan. Garmonning bir yoki ikki qatorli, diatonik va xromatik turlari mavjud. Oʻzbek xalq sozandalari, ayniqsa, Xorazm xalfalari 19-asrdan buyon garmondan foydalanib keladi. Fargʻonada Orif Garmon (Toshmatov) ham shu soʻz bilan mashhur boʻlgan. Garmonning takomillashtirilishi natijasida akkordeon va bayan cholgʻulari yuzaga kelgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil