Kontent qismiga oʻtish

Ganza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ganza (qad. nem. Hanse — ittifoq) — Lyubek sh. boshchiligida shim. nemis shaharlarining savdo va siyosiy ittifoqi (14—16-asrlar; rasman 1669-yilga-cha). Ganzaning gullab yashnagan davri (14-asr ning 2-yarmi — 15-asrning boshlari) da bu ittifoqqa 100 tacha shahar. jumladan Revel (Tallin), Derpt (Tartu), Riga kirgan. Gʻarbiy, Shim. va Sharkiy Yevropa oʻrtasidagi savdoda vositachilik qilib, Shim. Yevropa savdosida gegemon boʻlgan. Ganza flot va ayrim shaharlarning qoʻshinlaridan iborat oʻzining harbiy kuchlariga ega boʻlgan. Ganza Yevropaning gʻarbida va markazida toʻqimachilik, kon sanoatini rivojlantirib, Sharkiy Yevropadagi bu sohalarni taraqqiyotiga toʻsqinlik qilgan. 16-asr oʻrtalarida ganza oʻz oʻrnini golland, ingliz va fransuz savdogarlariga boʻshatib bergan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil