Gall yurishlari
Gall yurishlari, Yuliy Sezarning gall yurishlari — rimliklarning Yuliy Sezar boshchiligida Transalp Galliyasi va Britaniyani bosib olish maqsadida mil. av. 58—51-yillarda uyushtirgan 8 ta harbiy yurishi. hozirgi Shveysariya xududida yashagan gelvet qabilalarining harakati G.yu. boshlanishiga turtki boʻlgan. Rimning Galliya provinsiyasi va Rim ittifoqchilari boʻlgan eduy qabilalarini himoya qilish bahonasida Sezar gelvetlar ustiga yurish qilib ularni Bibrakta yaqinida tor-mor keltirgan (mil. av. 58), Shim. Galliya (hozirgi Elzas) dagi svevlarni Reyn ortiga quvib yuborgan, belglar va b. qabilalarning qarshiligini sindirgan, Sezar Gal-liyada Rim garnizonini joylashtirib 57-yilda mamlakat zabt etilgani haqida senatga xabar bergan. Biroq gall qabilalarining qoʻzgʻolonlari davom etmoqda edi. Qoʻzgʻolonchilarni ehtimol tutilgan ittifoqchilaridan maxrum etish maqsadida Sezar ikki marta (55 va 54) Britaniyaga harbiy yurish uyushtirgan, ikki marta (55 va 53) Reyn daryosini kechib oʻtgan. 52-yil arvernlar qabilasi boshligʻi Versingetorig rahbarligida umumiy qoʻzgʻolon koʻtarilgan. Qoʻzgʻolonchilar dastlab, rimliklar ustidan Gergoviya sh. yaqinida (hozirgi Klermon-Ferran yaqinida) gʻalabaga erishadi. Lekin qoʻzgʻolonchilar orasida ahillik boʻlmagani, zodagonlarning qoʻzgʻolon rahbariga ishonchsizlik bilan qarashlari ularning kuchini zaiflashtirgan. Sezar Versingetorig askarini Aleziya sh.da qamal qilgan va unga yordamga kelgan qoʻshinni tor-mor keltirgan hamda qamaddagilarni taslim boʻlishga majbur qilgan. Qarshilik koʻrsatishga uringan qabilalar 51-yilda boʻysundirilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |