Dendrit
Qiyofa
Dendrit (yun. dendron — daraxt) — daraxtsimon shaklli mineral agregatlar (baʼzan kristallar). D. moddaning tor muhitda tez kristallanishidan, shuningdek, minerallarning ayrim qismlarini eritma bilan bir xil taʼminlanmay oʻsishidan hosil boʻladi. Shakli daraxt shoxchasi, qirqquloq bargi va yulduzchaga oʻxshash boʻladi. Bir-biriga parallel yoki qoʻshaloq oʻsgan mineral individlaridan tashkil topadi. D. tugʻma elementlar, marganets oksidlari, uraninit va b. koʻpchilik minerallar va muzda kuzatiladi. Oʻzbekistonda gil, karbonat, qumtoshlarda psilomelan D. keng tarqalgan. Baʼzan psilomelan D.ni oʻsimlik qoldirgan iz deb notoʻgʻri taʼriflaydilar. D. kon qidirishda darakchi rolini bajaradi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |