Burj
Burj — Quyoshning yillik koʻrinma harakati doirasidagi oʻn ikki yulduz turkumining nomlari. Bu soʻz zodiak yulduzi turkumlari Dayav, Hut. Hamal, Savr, Javzo, Saraton, Asad, Sunbula, Mezon, Aqrab, Qavs, Jadiylarga nisbatan qoʻllanadi (jadvallarga q.). Ular Quyoshning yillik koʻrinma harakat yoʻli (ekliptika) boʻylab joylashgan. Har birida Quyosh taxminan bir oycha boʻladi. B. yulduz turkumlaridan Quyosh sistemasining deyarli barcha sayyoralari, kometalari va Oyning ham koʻrinma harakat yoʻllari oʻtadi. Yunonistonda B. turkumlarini alohida ajratib, ularni maxsus belgilar bilan ifodalashgan. Shunga koʻra, osmon gumbazida bahorgi (Hamal) va kuzgi (Mezon) tengkunlik, yozgi (Saraton) va qishki (Jady) Quyosh turish nuqtalari ham oʻsha belgilar bilan belgilanadi. Presessiya hodisasi sababli oʻtgan 2 ming yil ichida bu nuqtalar surilib, qoʻshni yulduz turkumlariga oʻtib ketgan boʻlishiga qaramay, shu belgilar, shuningdek Saraton va Javzo tropiklari deb ataluvchi nomlar ham saqlanib qolgan.
Turkiy xalqlarda oylarning nomi ham B. nomidan olingan. Bahor fasli — burji obiy (hamal—22-martdan, savr—21-apreldan, javzo— 21-maydan), yoz fasli — burji noriy (saraton — 22-iyundan, asad—232-iyuldan, sunbula —23 avgustdan), kuz fasli — burji bodiy (mezon—24-sentabrdan, aqrab—23 oktabr man, qavs—23-noyabrdan), qish fasli — burji hokiy (jady—22 dekabrdan, dalv— 20-yanvar
dan, hut—19-fevraldan) deb atalgan. 12 yillik muchal yillari boshi hamalayan hisoblanadi (qarang Zodiak).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |