Boris Nasledov
Boris Nikolayevich Nasledov (1885-yil 4 (16)-noyabr Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumani — 1942-yil 17-noyabr Toshkent shahri) — rus va sovet geologi, Samarqand davlat universiteti va Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti professori. Mahalliy maʼdan konlarining malakali mutaxassisi, geologiya va togʻ-kon sanoati sohasida geologik-qidiruv ishlari tashkilotchisi.[1]
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boris Nasledov 1885-yil 4(16)-noyabr Petro-Aleksandrovsk shahrida (Sirdaryo viloyati, Orenburg guberniyasi)[2] Orenburg kazak qoʻshinlari ofitseri Nikolay Aleksandrovich Nasledov oilasida dunyoga kelgan.
Maʼlumoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1904-yilda Orenburg shahridagi gimnaziyani tamomlagan.
- 1904-yilda Imperator Sankt-Peterburg universitetiga oʻqishga kirgan.
- 1905-yilda Boris konchilik institutiga tanlov asosida oʻqishga qabul qilingan[3].
- 1915-yilda geolog-qidiruvchi mutaxassisligini imtiyozli diplom bilan tamomlagan,
Chet tillaridan yunon, lotin, fransuz, nemis, ingliz va eksperanto[4] tillarini oʻrgangan.
Ilmiy-pedagogik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1915-yildan boshlab Orenburg kazak qoʻshinlari harbiy-xoʻjalik kengashida dastlab yordamchi, keyinchalik konchilik boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan.
- 1919-yildan Omsk va Irkutskdagi yoqilgʻi bilan ishlash;
- 1920-yildan Irkutsk Geologiya qoʻmitasining Sibpromrazvedka qidiruv boʻlimida;
- 1923-yili Sibirda muhandis-geolog,
- 1924-yilda — Moskvada;
- 1925-yilda — Leningradda;
- 1929-yilda — Geologiya qoʻmitasining Oʻrta Osiyo (metall boʻlimi boshligʻi) boʻlimlarida faoliyat koʻrsatgan;
- 1924-1928-yillarda Moskva konchilik akademiyasining geologik-qidiruv fakultetida dars bergan. ,,Ruda konlari" kursi boʻyicha maʼruza oʻqigan. Yordamchisi V.A.Obruchev boʻlgan.
- 1932-yilda Leninoboddagi Qoramazor ilmiy-tadqiqot instituti direktori oʻrinbosari;
- 1934-1939-yillarda Oʻzbekiston SSR Fan qoʻmitasi va Samarqand va Oʻrta Osiyo (Toshkent) oliy oʻquv yurtlari professori vazifasida ishlagan.
Boris Nasledov 1926-1927-yillarda Oʻrta Osiyoning eng qadimiy rudali hududlaridan biri -Qoramozordagi Taboshar konida geologik-qidiruv guruhiga rahbarlik qilgan. Ushbu faoliyat yillarida geolog-olim bir qancha ruda turlari, jumladan, „Yetakchi“ deb nomlangan tarkibida uran moddasi boʻlgan yirik konlarni aniqlangan. 1945-yilda foydalanishga topshirilgan mazkur kon SSSR uran sanoatining ilk topilma boyliklaridan hisoblangan.
Geolog Nasledov „Qalmoqqir“ konining mis-molibden moddalarini mahalliy sanoatdagi ahamiyatini oʻrganib chiqib, tadqiqotlar oʻtkazgan. Tadqiqot natijasiga koʻra, Olmaliq shahrida joylashgan va hozirgi kunda Oʻzbekistonning yirik kon-metallurgiya kombinatlaridan biri hisoblangan AGMK („Olmaliq kon-metallurgiya kombinati“ AJ) bunyod etilgan.
Boris Nasledov 1933-yilda SSSR Fanlar akademiyasining mashhur tojik-pomir ekspeditsiyasi aʼzoligiga qabul qilingan.
Shuningdek olim oʻzbek ruda geologiyasi maktabi asoschilaridan hisoblanadi. Qoramozor rudalari klasteri boʻyicha eng yirik mutaxassis sifatida hududdagi bir qator konlarni oʻrgangan, Chotqol va Kuramin togʻlarining geologik tuzilishi va metallogeniyasi boʻyicha ilmiy ishlar olib borgan. Uning koʻpgina metallogen gʻoyalari hozirgi kungacha oʻz ahamiyatini yoʻqotmasdan kelmoqda.
„Repressirovannie geologi“ maʼlumotlar bazasida geolog Nasledov „1930-yillarda hibsga olingan va bir necha yil qamoqda oʻtirgan. 1940-yilda ozodlikka chiqqanidan soʻng vafot etgan“, deb yoziladi. Ammo 1917-„1939-yillarda SSSRda geologlar va konchilarga qarshi terror“ kitobida hamda „SSSR geologlariga qarshi terror toʻgʻrisidagi notoʻgʻri maʼlumotlar“ haqidagi bayonotning 6-ilovasida „Geologiya tarixi boʻlimida“gi arxiv hujjatlar buni tasdiqlamaganligi keltirib oʻtilgan[5].
Boris Nasledov 1942-yil 17-noyabrda Toshkentda vafot etgan va u shahar markazidagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turmush oʻrtogʻi Vera Mixaylovna (ilgarigi familiyasi Sotnichenko)1911-yilda tugʻilgan, Kuban kazaklaridan.
Xalqaro tashkilotlar bilan aloqa
[tahrir | manbasini tahrirlash]1916-yil — Orenburg ilmiy arxiv komissiyasi;
1917-yil — Rus geografiya jamiyatining Orenburg boʻlimi;
1926-yil — Leningradda Inqilobiy kurashchilarga yordam koʻrsatish xalqaro tashkiloti (MOPR);
1935-yil — Geografiya jamiyati geologiya boshqarmasi byurosi aʼzosi hisoblangan.
Chop etilgan ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosiy nashr etilganlar:
- Наследов Б. Н. Металлопромышленные ресурсы Средней Азии / Всесоюз. энерг. ком. Оргком. по созыву 1-го Средне-Азиат. энерг.съезда. — Ташкент : Ср.-Аз. Госплан, 1931.
- Наследов Б. Н., Около-Кулак Е. И. Бахиловские месторождения битуминозных песчаников : С 5 табл.. / Б. Н. Наследов, Е. И. Около-Кулак. — Москва ; Ленинград : Геол. изд-во, 1931
- Наследов Б. Н. Кара-Мазар и его проблемы / Ст. инж. геолог Н. Б. Наследов; Оргбюро по созыву Кара-Мазарского съезда 1931 г.
- Наследов Б. Н., Попов В. И. Контуры металлогении и металлорудных возможностей Средней Азии / Б. Н. Наследов, В. И. Попов, при участии: Е. К. Тепикина, В. Э. Пояркова, И. М. Евфименко, К. Д. Соколова, В. М. Бирюкова, Н. П. Петрова [Бригада геологов]; Под ред. Б. Н. Наследова Средне-Азиатск. гос. геол.-разведочный трест «Средазгеоразведка». — Ташкент : тип. изд-ва «Красная звезда», 1932.
- Наследов Б. Н., Баранов В. И., Соколов П. Т. Опыт методики и разведки месторождений радиоактивных руд в Карамазарском районе Узбекистана / Б. Н. Наследов, В. И. Баранов, П. Т. Соколов. — Ленинград ; Москва : Гос. науч.- техн. геол.-развед. изд-во, 1933
- Наследов Б. Н., Либман Э. П. Редкие элементы и малые металлы Средней Азии / Б. Н. Наследов, Э. П. Либман. — Ташкент : тип. «Правда Востока», 1933.
- Наследов Б. Н. Работы в Зеравшанско-пенджикентском направлении. — [Ленинград] : Б. и., 1934.
- Наследов Б. Н. Месторождения мышьяковых руд в западной части Зеравшанского хребта. — [Ленинград] : Б. и., 1934.
- Наследов Б. Н. Кара-Мазар. Ред. коллегия: акад. А. Е. Ферсман, Н. П. Горбунов, Д. Щербаков… и др. — Ленинград : Таджик.-Памирск. экспедиция, 1935
- Наследов Б. Н., Тер-Оганесов Я. Г., Князев П. И. Гидротермальные месторождения оловянных руд в Зеравшанском хребте / Б. Н. Наследов при участии Я. Г. Тер-Оганесова, П. И. Князева. — Ленинград : Химтеорет, 1935.
- Наследов Б. Н. Металлогения Западного Тянь-Шаня и Узбекистана / Под ред. д-ра геол.-минералогич. наук Ф. И. Вольфсона; М-во геологии и охраны недр СССР. — Москва : Госгеолтехиздат, 1961.
Xotira
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olimning sharafiga
- Nasledovit — „Oltintopkan“ konidagi mineral modda[6][7][8];
- Nasledov tugʻilgan joyi
- B.N.Nasledov arxivi — Oʻzbekiston Markaziy davlat arxivi B.N.Nasledov nomi bilan atalgan[9].
- Olmaliq (Oʻzbekiston) shahrining Nasledov koʻchasida olimning geologik kashfiyotlari sharafiga haykal oʻrnatilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Исламов О. И., Литвинский Б. А. Предисловие: (о жизни и деятельности Б. Н. Наследова) // Природа. 1950. № 30. С. 73.
- ↑ Заблоцкий Е. М. Б. Н. Наследов // Гор��ое ведомство дореволюционной России: Очерк истории: Биографический словарь. — М.: Новый хронограф, 2014.
- ↑ Наследов Б. Н. Краткое жизнеописание. 1941. 8 с.
- ↑ Наследов Б. Н. Анкета для сотрудников Московского отделения Геологического Комитета. 1924. 2 с.
- ↑ Хомизури Г. П. Террор против геологов и горняков в СССР (1917—1988 гг.). 2019. C. 1113.
- ↑ Минерал «Наследовит» // Правда Востока. 18 октября 1958.
- ↑ Еникеев М. Р. Наследовит — новый минерал с Алтын-Топканского рудного поля // Доклады АН УзССР. 1958. № 5. С. 13-17.
- ↑ Nasledovite на mindat.org
- ↑ Центральный государственный архив Узбекистана. Фонд Р-2289, 200 ед. хр., 1914—1948.