Kontent qismiga oʻtish

Antiferromagnetizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Antiferromagnetizm — kristall moddalar (antiferromagnetiklar)ning magnit holatlaridan biri; bunda kristall panjaraning qoʻshni tugunlaridagi atom (ion) larning magnit momentlari antiparallel (bir-biriga qarama-qarshi) yoʻnalgan, shuning uchun moddaning magnitlanishi umuman kam boʻladi. A. tashqi magnit maydon yoʻqligida va temperatura uncha yuqori boʻlmaganda yuz beradi. Ferromagnetizmdan farqli ravishda tashqi maydon yoʻqligida antiferromag-netikning qoʻshni elementar magnetiklari oʻzaro muvozanatlashadi va natijaviy magnetizm nolga teng boʻladi. Antifer-romagnetik tashqi maydonga joylashti-rilgandagina natijaviy maydon noldan farqli boʻlishi mumkin.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil