Kontent qismiga oʻtish

Anna Murdoch Mann

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anna
Anna Murdoch Mann
Tavalludi 30-iyun 1944
Fuqaroligi Buyuk Britaniya
Taʼlimi Our Lady of Mercy College
Kasbi jurnalist
Millati ingliz
Turmush oʻrtogʻi Rupert Murdoch
Bolalari 3ta
Otasi Yakob Torv
Onasi Silviya Braida
Mukofotlari Dame of the Order of St. Gregory the Great

Anna Merdok Depeyster — Shotlandiya va Avstraliyalik jurnalist hamda romannavis.

Hayotining dastlabki yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anna Torv 1944-yilda Shotlandiyaning Glazgo shahrida[1] Estoniyalik dengizchi savdogar Yakob Torv va shotlandiyalik kimyoviy tozalovchi Sylvia Braida oilasida tug‘ilgan .Uning ota-onasi Avstraliyaga hijrat qilguniga qadar Glazgoda kiyimlarni kimyoviy tozalash bilan shugʻullangan[2]. Ular Sidney tashqarisida sayr qilish parkini ochadi va u muvaffaqitasizlikka uchraydi. Shundan soʻng, onasi oilaviy uyni tark etdi. Uning ikki akasi va bir singlisi bor. Katolik boʻlib ulgʻaygan Anna OurLady of Mercy kollejida, Parramatta, Yangi Janubiy Uels va Avstraliyada oʻqidi[2].

U jurnalistik faoliyatini 18 yoshida Sydneyning Daily Mirror[3] gazetasida ishlashdan boshlagan. Shuningdek, u Sydney Daily Telegraph gazetasida jurnalist sifatida ham ishlagan[1]Keyinchalik News Corporation direktorlar kengashida xizmat qilgan[1].

U uchta kitob yozgan[1]. Uning birinchi romani „ In Her Own Image“ Murrumbidgee daryosi yaqinidagi qoʻychilik fermasida bitta yigitni sevib qolgan ikki opa-singil haqida[4].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 1967 yildan 1999 yilgacha turmush oʻrtogʻi Rupert Murdoch bilan yashagan[1][4][5][6]. Ularning uchta farzandi bor edi:

  • Elizabeth Murdoch (1968-yilda tugʻilgan)
  • Lachlan Murdoch (1971-yilda tugʻilgan)
  • James Murdoch (1972-yilda tugʻilgan)

Ular 1999 yilda ajrashgach, maʼlumotlaga koʻra, u bu ajrashuvdan 1,7 milliard dollar (shu jumladan, 110 million dollar naqd pulda) olgan[1][5]. U olti oydan keyin moliyachi William Mann bilan turmush quradi[1][5].Ular The Hamptonsʼda, ilgari filantrop Yasmin Aga Khanga tegishli boʻlgan uyda istiqomat qilishgan[2].

The Independent nashrining yozishicha, Murdochning o‘rinbosari Alick McKeyning rafiqasi Muriel McKaynini o‘g‘irlaganlar va qotillar dastlab uning o‘rniga Anna Merdochni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan va McKaylar Murdochning avtomobillaridan biridan foydalanganida, chalkashlik yuzaga kelgan[3].

1998-yilda u the Dame of St.Gregory the Great ordeni bilan taqdirlangan[7].

Uning turmush oʻrtogʻi William Mann 2017-yilda vafot etgan. Soʻng 2019-yil aprel oyida Ashton dePeysterga turmushga chiqqan[8].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 Megan Willett, „Hereʼs What Happened The Last Time Rupert Murdoch Got Divorced“ (Wayback Machine saytida 2021-10-25 sanasida arxivlangan), Business Insider, 14 June 2013
  2. 2,0 2,1 2,2 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named davidleser
  3. 3,0 3,1 Zinn, Christopher. „Anna Murdoch Mann: 'He was hard, ruthless and determined'“ (en). The Independent (2001-yil 27-iyul). Qaraldi: 2017-yil 26-sentyabr.
  4. 4,0 4,1 Woods, Vicki. „The loves, lusts and passions of Rupert Murdoch“. The Telegraph (2011-yil 15-iyul). Qaraldi: 2021-yil 23-noyabr.
  5. 5,0 5,1 5,2 Nathalie Tadena and Momo Zhou, „Divorce Has a Hefty Price Tag for Celebrities, Billionaires“, ABC News, 20 August 2009
  6. Ken Auletta, Rupert Murdoch Wants A Divorce, The New Yorker, 13 June 2013
  7. Pope Honors Rupert Murdoch, Roy Disney, Bob Hope
  8. Susan Adams. „Darker Than Any 'Succession' Plot: The Murdoch Kidnap Tragedy“. forbes.com (2019-yil 13-sentyabr). — „Anna went on to remarry twice, first to financier William Mann, who died two years ago. In April she married Ashton dePeyster, 74, who works in real estate.“. Qaraldi: 2021-yil 28-aprel.