Abdussamad ibn abdulvohid Kufiy
Abdussamad ibn abdulvohid Kufiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis |
Abdussamad ibn Abdulvoris ibn Said Kufiy — muhaddis. (vaf. milodiy 822, hijriy 207 yilda. Abdussamad Kufiy Muhaddis va roviy bo‘lgan. Hofiz va hujjati ishonchli deb e’tirof etilgan basralik muhaddis bo‘lgan. Uning otasi Abdulvohid Kufiy ham muhaddis bo‘lib, u asosiy hadis bilmlarini otasidan olgan.
Ustozlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hishom Dastoviy, Ikrima ibn Ammor, Robi’ ibn Gulsum, Harb ibn Maymun, Harb ibn Abi Oliy, Harb ibn SHaddod va boshqa shu tabaqot vakillaridan hadis ilmini o‘rgangan.
E’tiroflar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdussamad ibn Abdulvoris ibn Said Kufiy haqida Abu Hotam shunday degan: “Abdussamad ibn Abdulvoris ibn Said ishonchli muhaddis va mohir hofizdir”.
Shogirtlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulhamid ibn Humayd ibn Nasr Keshiy, Ibn Muin, Ishoq Ibn Rohavay, Imom Bandor va Imom Zuhaliylar Abdussamad ibn Abdulvoris ibn Said Kufiydan Hadis ilmini o‘rganishgan[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Shukurillo Umarov “Abdulhamid Keshiy hayoti va ilmiy merosi” Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2013 yil.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |