Kontent qismiga oʻtish

Cherkassi

Koordinatalari: 49°26′40″N 32°3′35″E / 49.44444°N 32.05972°E / 49.44444; 32.05972
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2024-yil 22-oktyabr, 06:17 dagi Bekipediya (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)
Cherkassi
49°26′40″N 32°3′35″E / 49.44444°N 32.05972°E / 49.44444; 32.05972
Mamlakat Ukraina
Cherkassi xaritada

CherkassiUkrainaning Cherkassi viloyatidagi shahar (1795-yildan), viloyat markazi. Kremenchug suv ombori (Dnepr daryosi) oʻng sohilidagi port. Cherkassi va avtomobil yoʻllari chorrahasi. Aholisi 295,4 ming kishi (2001). Cherkassi Litva qoʻl ostida boʻlgan Kiyev knyazligi tarkibida 1394-yildan maʼlum. 1954-yildan viloyat markazi. Sanoatning muhim tarmoqlari: kimyo, mashinasozlik va metallsozlik, yengil va oziq-ovqat sanoatlari. Yirik korxonalari: kimyo kombinati, kimyoviy tola va kimyoviy reaktivlar, plastmassa va boshqa, "Rotor" ishlab chiqarish birlashmasi, shakarqand, sut zavodlari, konserva, goʻsht, tamaki, tikuvchilik birlashmasi, trikotaj fabriklari, shoyi gazlamalar kombinati va boshqa faoliyat koʻrsatadi. Kurilish materiallari ishlab chiqariladi. Pedagogika instituti, 2 teatr, filarmoniya, oʻlkashunoslik muzeyi bor[1].

  1. "Cherkassi" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil