Kontent qismiga oʻtish

Pavel Butenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pavel Butenko
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Pavel Butenko
Tavallud sanasi 14-dekabr 1971-yil (1971-12-14) (52 yosh)
Tavallud joyi Ashxobod, Turkmaniston SSR
Ampluasi Darvozabon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1997—1998 Dagdan
1998—1999 Nisa Ashxobod
2000 Köpetdag
2000—2001 Galkin
2002—2003 Paxtakor 12 (0)
2003—2004 Navbahor 40 (0)
2005—2007 Mashʼal 77 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Pavel Butenko (1977-yil 14-dekabrda tugʻilgan) – turkmanistonlik sobiq professional futbolchi, darvozabon ampulasida oʻynagan.

Faoliyatining dastlabki davrlarida vatanida, Ashxobodning „Dagdan“, „Nisa“, „Kopetdag“, „Galkan“ klublarida toʻp surgan. 1998/1999 yilgi mavsumda „Nisa“ klubi tarkibida Turkmaniston chempioni, „Dagdan“ jamoasi bilan esa 1997/1998-yilgi mavsumda kumush medal sovrindori boʻldi.

2002-yilgi mavsumda Oʻzbekistonning „Paxtakor“ (Toshkent) jamoasi tarkibiga oʻtgan. Butenko dastlabki mavsumida Oʻzbekiston chempionatida 10 ta oʻyin oʻtkazgan va Paxtakor jamoasi bilan mamlakat chempioni boʻlgan. Keyingi yili mavsumning birinchi qismida „Paxtakor“ jamnoasida atigi 2 ta oʻyin oʻtkazgan va oʻyin amaliyoti kamligi uchun Namanganning „Navbahor“ klubiga oʻtib, jamoaning asosiy darvozaboni boʻlgan. „Navbahor“ klubi tarkibida 2003 va 2004-yillardagi Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori boʻlgan. 2005-yilgi mavsumdan „Mash’al“ jamoasida uch mavsum davomida oʻynagan. Muborak jamoasi bilan milliy chempionatning kumush (2005) va bronza (2007) sovrindori, 2006-yilgi Oʻzbekiston kubogi finalchisi, 2006-yilgi Osiyo chempionlar ligasi ishtirokchisi (2006) boʻlgan. Oʻzbekiston oliy ligasida jami 129 ta oʻyinda ishtirok etgan.