Yoqub Xaimov
Yoqub Xaimov | |
---|---|
Yoqub Xaimov | |
Tavalludi |
Yoqub Xaimov 1909-yil |
Vafoti |
1999-yil Namangan |
Yoqub Xaimov — taniqli oʻzbek shoiri, yozuvchisi.
Tavalludi
Yoqub Xaimov 1909-yilda Namangan shahrida hunarmand oilasida tugʻilgan[1].
Faoliyati
1931-yilda maorif institutini tugatgach, mehnat faoliyatini boshlaydi, kolxoz, sovxoz qurilishlarida, 1933-yildan „Bayrogʻi mehnat“ gazetasi tahririyatida, Oʻzbekiston LKSM Markaziy Komiteti bolalar nashriyotida, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida faoliyat koʻrsatgan.
U dramatik va nasriy asarlar muallifidir. Yozuvchining „Jivaya gazeta“, „Sinyaya bluza“, „Raskreposhenie djenshin“, „Nadjat“, „Izmennik“ kabi pyesalari Oʻzbekiston va Tojikiston teatrlarida sahnalashtirildi. „Sin“, „Ateist“, „Chest“, „Yulduzoy“ dramalari bir necha xalq teatrlarida qoʻyilgan.
Adib asarlarida Vatan ozodligi uchun kurash, xotin-qizlar haq-huquqini, izzat nafsini himoya qilish, turli xalqlarning hamjihatligi, doʻstlik gʻoyalari turli janrlar imkoniyatlaridan kelib chiqib, teran tasvirlangan.
Yoqub Xaimov bir qancha nasriy asarlar ham yaratgan. „Besprizorniki“, „Vstrecha“, „Put k djizni“, „Djemchut“, „Pozdnie slyozi“, „Vrenost“ kabi qissalari turli nashriyotlarda chop etildi. „Djizn i smert“, „Skitalets“ (M.Rahmon bilan hamkorlikda) romanlari ham uning qalamiga mansub boʻlib, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti tomonidan turli yillarda chop qilingan.
Yoqub Xaimov bolalar uchin ham bir qancha ertaklar yozdi. „Otpustili lastochku“, „Dosvidaniya“, „Severniy polyus“, „Goluboy ogon“, „Geroy na ldine“, „Raduga“ ertaklari ana shular jumlasidandir. „Volshebnaya kletka“ ertak-pyesasi Andijon qoʻgʻirchoq teatri hamda viloyat teatrida sahna yuzini koʻrgan. Yozuvchi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat hodimi faxriy unvoniga sazovor boʻlgan.
Yoqub Xaimovning Malik Rahmon bilan birgalikdagi yozgan „Darbadar“ romani oʻzbek nasriy asarlari qatoriga kiritilgan[2].
Asarlari
Qissalari
- „Besprizorniki“
- „Vstrecha“
- „Put k djizni“
- „Djemchut“
- „Pozdnie slyozi“
- „Vrenost“
Ertaklari
- „Otpustili lastochku“
- „Dosvidaniya“
- „Severniy polyus“
- „Goluboy ogon“
- „Geroy na ldine“
- „Raduga“
Vafoti
Yoqub Xaimov 1999-yili vafot etgan.
Havolalar
Manbalar
- ↑ Hamidjon, Homidiy; Mahmudjon, Ma'murov. Namangan adiblari — 73-bet. ISBN 978-9943-09-120-7.
- ↑ „O'zbek nasri“. Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.